Asosiy qoidalar


-modda. Xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjat



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

185-modda. Xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjat
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin
bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning
yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan
va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga
ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda
uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
(185-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son 
Qonuni
tahririda — O‘R
QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
186-modda. Ekspertni so‘roq qilish
Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq bo‘lmay, kamchiliklarini to‘ldirish uchun qo‘shimcha
tekshirish o‘tkazishga zarurat bo‘lmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur
bo‘lib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 
98 — 108-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda so‘roq qilish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ekspert faqat o‘zi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan o‘tkazgan ekspert tekshiruvlari
yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin.
Ekspertni u xulosa berguniga qadar so‘roq qilish taqiqlanadi.
(186-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son 
Qonuniga
 asosan ikkinchi
va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
187-modda. Ekspert xulosasini baholash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi,
surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari
bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza
o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan
baholanadi.
(187-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)


Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega
emas. Xulosaga qo‘shilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha bir necha ekspertiza
o‘tkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ba’zi ekspertlarning
xulosalariga qo‘shilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi o‘z fikrini
asoslab berishi lozim.
(187-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish