Asosiy qoidalar


-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi
qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan
aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart
emas.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa,
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun
qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,
sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan
ta’minlash
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega.
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda
u o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va
usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish
majburiyati bilan ta’minlanadi.
25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv
Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko‘rilayotganda
ish yuritish taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ish sudda ko‘rilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan
alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin
emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror
mavjud bo‘lganda boshlanishi mumkin.


(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy
vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy
javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish,
ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun
ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan
foydalanadilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini
ifodalamaydi.
Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va
berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son 
Qonuniga
muvofiq
beshinchi va oltinchi qismlar to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish