Asosiy qoidalar


-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish holatini mustahkamlash



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

131-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish holatini mustahkamlash
Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida
bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish sud majlisi
bayonnomasida qayd qilinadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va
natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga
tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun
ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va
izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar shaxsni tanib olish ko‘rib turishni istisno etadigan sharoitlarda o‘tkazilgan bo‘lsa,
bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak.
(131-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-
son)
Tanib olish uchun fotosuratlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi
lozim.
Tanib oluvchining ko‘rsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki
boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 
106-
moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi.
15-bob. KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKShIRISh
132-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar
Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar
hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni
qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga haqlidir.


Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad: ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan
shaxsga ma’lum, surishtiruvchi, tergovchi va sudga esa noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar va
belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar
qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan
ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli bo‘lgan joy yoki
yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit
bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iborat.
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda bir vaqtning o‘zida ko‘rsatish,
ko‘zdan kechirish yoki ba’zi narsalarni, hujjatlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni
namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki o‘zining avval bergan ko‘rsatuvlariga aniqlik kiritadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan
joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning
jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega bo‘ladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish