Asosiy qoidalar


-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki
Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama
qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart.
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu
moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan
sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga yoki
ehtiyot chorasini o‘zgartirishga haqlidir.
Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi
hududidan tashqarida bo‘lgan va sudga kelishdan bo‘yin tovlagan, uning yo‘qligi ish bo‘yicha
haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 
272-moddasida
nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilishi mumkin.
411-modda. Jabrlanuvchining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha
holatlarni to‘la aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin
yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal
etadi.
Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud uni majburiy
keltirish haqida ajrim chiqaradi.
412-modda. 
Prokurorning, 
himoyachining, 
jamoat 
ayblovchisining, 
jamoat
himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari


Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga
qoldiriladi.
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat
sudlanuvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati
bo‘lmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab,
sud ishni ular ishtirokisiz ko‘rish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal
etadi.
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga
tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur vaqt berilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmaganligi to‘g‘risida sud
tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining
hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki
jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat
birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.
(412-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish