O‘NINChI BO‘LIM
BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YuRITISh
48-bob. SUDLOVGA TEGIShLILIK
389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy
sudlarning sudloviga tegishli bo‘lgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining sudloviga Jinoyat
kodeksi 97-moddasining
ikkinchi qismida
, 118-moddasining
to‘rtinchi qismida
,
150
,
153
,
155
,
157
,
158-
moddalarida
, 159-moddasining
uchinchi
va
to‘rtinchi qismlarida
,
160
,
161-moddalarida
, 210-
moddasining
uchinchi qismida
,
230
,
231
,
242
,
244-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarga doir
ishlar tegishlidir.
(389-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar bir sudda ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi
tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa,
ishni ko‘rib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.
(389-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi.
(389-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga o‘ta murakkab va ahamiyatli ishlar
tegishlidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi,
viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu
moddaning
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan jinoyat to‘g‘risidagi ishni, agar u mazmunan
murakkab bo‘lmasa, jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy
harbiy sudga ko‘rish uchun topshirishga haqli.
(389-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |