Menejment nazariyasi


Ilm iy m enejm ent (1885—1920)



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

Ilm iy m enejm ent (1885—1920). 
Ilmiy menejment F.U. 
Teylor, Frenk va Liliya Gilbret hamda Genri Gantt ishlari bilan 
chambarchas bog‘liq. Bu ilmiy menejment maktabining ijodkorlari 
kuzatish, o'lchashlar, m antiq va tahlil ishlatib ko‘p tarm oqli 
operatsiyalarni mukammalashtirish m umkin deb hisoblashgan, 
shuningdek, ularni samarali bajarishga erishishga harakat qilgan- 
lar. Ilmiy menejmentning birinchi uslubiy davri - ish mazmunini 
tahlil qilish va uning asosiy komponentlarini aniqlashdir. Masalan, 
Teylor inson turli o'lchovli belkurakda qancha temir ruda yoki 
ko'mirni ko'tara olishini g'oyat sinchkovlik bilan o'lchagan. Gil- 
bretlar esa mikroxronometrni ixtiro qildi. Ular uni kinokamera 
bilan birga ishlatib, aniq operatsiyalarda qanday harakatlar bajarili- 
shini va buning uchun qancha vaqt sarflanishini aniq bildilar. Olin- 
gan m a’lumotlarga asoslanib ular ortiqcha harakatlarni bartaraf 
qilish uchun ish operatsiyalarini o'zgartirgan va standart protse- 
duralar va jihozlarni ishlatib ish samaradorligini oshirishga intil- 
gan. Masalan, Teylor shuni aniqladi-ki, agar ishchilar 21 funt (8,6 kg 
atrofida) sig'imli belkurak-kurakchalardan foydalansa, temir ruda 
va ko'mirning maksimal miqdori oshirilishi mumkin. Oldingi tizim- 
ga nisbatan bu fenomenal yutuqni berdi.
Ilmiy menejment insoniy omilni e’tiborsiz qoldirmasdi. Ishlab 
chiqarish samaradorligini va ishlab chiqarish hajmini oshirishda 
ishchilami qiziqtirish maqsadida rag'batlantirishdan muntazam ravish- 
da foydalanish shu maktabning muhim hissasi bo'ldi. Shuningdek, 
ishlab chiqarishda qisqacha dam olishlar va muqarrar tanaffuslar


imkoniyati ham ko'zda tutilgan edi, shu sababli, belgilangan top- 
shiriqlarni bajarishga ajratilgan vaqt miqdori realistik va adolatli 
belgilangan edi. Bu rahbariyatga ishlab chiqarishning bajarilishi 
mumkin bo'lgan me’yorlarni belgilashga imkoniyat bergan va kirn 
belgilangan minimumdan oshgan bo'lsa, ularga qo'shimcha haq 
to'lanardi. Bu yondashuvda muhim element shuki, kim ko'p ishlab 
chiqarsa, o'sha ko'p taqdirlanardi. Ilmiy menejmentga oid ishlar 
mualliflari ham o'zlari bajarayotgan ishlarga jismoniy va ma’naviy 
jihatdan mos keladigan insonlarni tanlashning muhimligini tan olar- 
dilar va ular, shuningdek, yo'qotishning ulkan ahamiyatini ta’kidlab 
o'tganlar.
Ilmiy menejment, shuningdek, rejalashtirish va chuqur mulo- 
haza qilish funksiyalarini ishlarni haqiqatan bajarishdan ajratishni 
himoya qilgan. Teylor va uning zamondoshlari menejment bo'yicha 
ish - bu aniq mutaxassislik va agar har bir ishchilar guruhi o'zi 
muvaffaqiyatli qiladigan narsaga e’tiborini mujassam etsa, unda 
tashkilot umuman yutuqqa erishishini tan olganlar. Bu yondashuv 
ishchilar o'z ishlarini o'zlari rejalashtiradigan eski tizimga keskin 
qarama-qarshi edi.
Ilmiy menejment konsepsiyasi keskin burilish bosqichi bo'lib 
qoldi, shu tufayli menejment ilmiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi 
kabi keng tan olindi. Birinchi bor omilkor rahbarlar va olimlar ilm- 
fan va texnikada foydalaniladigan usullar va yondashuvlar tashki­
lot maqsadlariga erishish amaliyotida ham samarali ishlatilishi 
mumkinligini ko'rdilar.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish