Laboratoriya mashg`ulotlari. Bo’yovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarishdagi xavfsizlik
qoidalari
1.1. Umumiy qoidalar
1
. O’yuvchi moddalarni sachrash va sochilib ketish ehtimoli bo’lgan ishlar (kislota va ishqorlar
quyish, o’yuvchi aralashmalar va
rux xloridini xovonchada ezish, alyuminiy xlorid bilan ishlash va
boshqalar) bajarilganda ko’zni saqlovchi ko’zoynak kiyib olish lozim.
2.
Sulfat kislotali qurilmada-suyuqlanish haroratsini aniqlashda, vakuumda haydashda, vakuum
eksikator, kovsharlangan naychalar bilan ishlaganda ham albatta ko’zoynak taqish lozim.
3.
Qizdiriladigan yoki gaz ajralib chiqishi molik bo’lgan qurilmalarni (priborlarni) butunlay berk
holatda yig’ish
mumkin emas, bunda sovutgich yoki gaz chiqargich naychalar o’rnatiladi hamda
bularning og’zi berkilib qolmasligi kuzatilib turiladi.
4
. Biror modda aralashtirilayotgan yoki qizdirilayotgan hamda
reaktsiya olib borilayotgan
priborga yaqin engashish kerak emas.
5
. Kapillyarlar, shisha naychalar bilan ehtiyot bo’lib, qo’lni kesib olmay ishlash darkor. Shisha
naychalarni tiqin teshiklariga kiritishdan avval ular uchlarini eritib, silliqlanadi va glitserin surtiladi.
So’ngra ehtiyotlik bilan aylanma harakat orqali tiqinga tiqiladi.
1.2. O’yuvchi va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari
1.
Noxush hidli va zaharli moddalar bilan ishni faqat mo’rili (tortuvchi) shkafda olib borish
kerak. Ishlashdan avval havo tortuvchi motor elektr tokiga ulab qo’yiladi.
2
. Tarkibida kislotali guruhi bo’lmagan birikmalar benzol, toluol, ksilollar zaharlidirlar; ular qon
tomirlar, asab sistemasi va miyaga ta’sir etadilar. Bu moddalar bilan zaharlanish og’ir kasallikka olib
keladi. Yuqorida aytib o’tilgan moddalarning ko’pchiligi oson alangalanadi va yonadi.
Shu sababli ular
bilan ishni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda mo’rili shkafda olib borish lozim, qizdirishni simlari
yopiq elektrisitgichda va suvli hammomda olib boriladi, qurilmalar
qaytarma sovutgichlar bilan
jihozlanadi.
3.
Nitrobirikmalar qon tomirlarga ta’sir etadilar, ular odam organizmiga nafas yo’li yoki teri orqali
o’tib qonning kislorod yutish qobiliyatini susaytiradilar va terini yallig’laydilar va dermatit kasaliga
duchor qiladilar. Shu sababli nitrobirikmalar bilan olib boriladigan barcha ishlarni (nitrolash,
ajratib
olish va tozalash) mo’rili shkafda olib boriladi va natijada qo’l terisi bu moddalardan saqlanadi. Agar
nitrobirikma teriga tushsa uni paxta bilan artib olinadi, keyin ko’p miqdordagi issiq suv bilan, so’ng spirt
bilan yuvib tashlanadi. Nitrobirikmalar va aminlar bilan zaharlanish alomatlari sezilsa (xolsizlanish,
bosh aylanish va og’rish, qo’l va oyoq qaltirashi, lab, burun uchi, quloq va tirnoqlarning ko’karishi)
jabrlangan shaxsni tezda toza havoga chiqarish va meditsina punktiga yuborish lozim.
Agar aminobirikma teriga to’kilsa, o’sha joy avval sirka kislota qo’shilgan iliq suv bilan, so’ng
ko’p miqdordagi sovuq suv bilan yuviladi.
4.
Spirtlar ichida eng xavflisi metil spirtidir. U asab sistemasi va qon tomirlariga ta’sir etadi,
avval ko’rish nervlari va ko’z to’r pardasini shikastlaydi, ya’ni metil spirti bilan zaharlansa ko’r bo’lish
mumkin.
5
. Uglerod sulfid oson alangalanadi, uni faqat suv ostida saqlash mumkin.
Agar havoda uning
miqdori ko’paysa, odamni xushdan ketkizishi va o’ldirishi mumkin.
Agar tarkibida kam miqdorda uglerod sulfid bo’lgan havo bilan uzoq vaqt nafas olinsa, bosh
aylanish va bosh og’riq kasaliga uchrash mumkin.