239
Zarur ma’lumotlarni ikkilamchi ma’lumotlar tarkibidan topishning imkoni
bo‘lmagan yoki bu ma’lumotlar to‘liq, aniq va yetarli darajada ishonchli bo‘lmagan
yoki eskirib qolgan hollarda birlamchi ma’lmotlarni to‘plashga to‘g‘ri keladi.
Birlamchi ma’lumot to‘plashning asosiy usullari so‘rovlar, kuzatuv usuli va
eksperimentlar o‘tkazish hisoblanadi.
Internetda ma’lumot to‘plash usullari
Ma’lumot to‘plashda foydalaniluvchi usullar o‘tkazilayotgan
tadqiqot turiga
qarab ikki xil – birlamchi yoki ikkilamchi usullarga taqsimlanadi.
Ikkilamchi marketing tadqiqotlari o‘tkazishda birinchi o‘ringa Internetda zarur
axborotlarni qidirish usullari chiqadi. Bugungi kunda asosiy qidiruv vositalari qidiruv
tizimlari va kataloglar hisoblanadi. Bir qator hollarda, ulardan foydalanish yetarlicha
samara bermagan sharoitlarda tematik saytlar, «sariq sahifalar» va boshqa resurslar
bo‘yicha «qo‘lda qidirish» amalga oshiriladi.
Birlamchi axborot to‘plashda ma’lumot to‘plashning asosiy usuli sifatida
Internet-so‘rovlari, kuzatuv va eksperimentlar xizmat qiladi.
1. Internet-so‘rovlar o‘tkazishning eng tarqalgan usuli anketa so‘rovlari
hisoblanadi. Anketa respondentlar fikrini bilish uchun kiritilgan bir qator savollardan
iborat bo‘ladi. Bu vosita moslashuvchanligi va universalligi
bilan ajralib turishi
sababli u birlamchi ma’lumotlar to‘plashning eng tarqalgan vositasi sanaladi.
An’anaviy anketa so‘rovlari o‘tkazishda bo‘lgani kabi, har bir Internet-
tadqiqoti o‘tkazishdan avval anketada foydalaniluvchi savollarni puxta ishlab chiqish
va sinovdan o‘tkazish zarur. Bu ishga noprofessional yondashuv voqelikni buzib
ko‘rsatishga yoki olingan natijalar noto‘g‘ri talqin qilinishi olib kelishi mumkin.
2. Kuzatuv usuli biror-bir ob’ekt yoki sub’ektning xulq-atvori muntazam
ravishda o‘rganiluvchi marketing tadqiqotlari shaklini ifodalaydi. So‘rov
usulidan
farqli o‘laroq kuzatuv usuli kuzatilayotgan ob’ektning axborot haqida xabar qilishga
tayyor ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi hamda uning xulq-atvori bilan bog‘liq voqea va
hodisalar haqidagi ma’lumotlarni ochiq yoki yashirin to‘plash va qayd etish jarayoni
hisoblanadi. Kuzatuv predmeti, masalan, xaridorlar xulq-atvori yoki tavsifnomalari
bo‘lishi mumkin.
240
Bu usulga o‘z web-serveri yordamida firmalar tomonidan o‘tkaziluvchi
marketing tadqiqotlari kiradi. Bu usul web-serverning jurnal fayllaridan (log files)
yoki cookie fayllarini qo‘llash asosidagi texnologiyalardan
foydalangan holda
olinuvchi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdan iborat. Bu ma’lumotlar tashrif
buyuruvchilarning xulq-atvoriga, ularning sahifalar bo‘ylab harakatlanish ketma-
ketligiga yoki web-serverga tashrif buyurish tezligiga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Saytda qidiruv tizimi joylashtirilgan hollarda foydalanuvchilar kirituvchi so‘rovlar
ham qo‘shimcha ravishda to‘planishi va tahlil qilnishi mumkin.
Serverga tashrif buyurish statistikasi tahlili
imkoniyatlari eng samarali
marketing vositalaridan biri sanaladi. Respondentlarning faol ishtirok etishini talab
qiluvchi so‘rov o‘tkazishdan farqli o‘laroq, statistika tahlili foydalanuvchilarni faol
harakatga jalb etmasdan turib qimmatli axborot to‘plashga imkon beradi.
3. Eksperiment usuli ilmiy nuqtai nazardan eng jiddiy usul bo‘lib, sabab-oqibat
aloqalarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Eksperiment ob’ektlari
maxsus tanlab olinishi hamda ularning reaksiyasi o‘rtasida statistik ahamiyatga ega
farqlarni aniqlash uchun tashqi muhitni nazorat qilgan holda rejalashtirilgan ta’sirga
uchratilishi lozim. Ishga aloqasi bo‘lmagan tashqi omillar
nazorat ostiga olingan
darajada kuzatilayotgan samaralar eksperiment olib boruvchilarning ob’ektga
ta’siriga kiritilishi mumkin. Shu tariqa voqea-hodisalar o‘rtasida aniqlanuvchi
aloqalar sabab-oqibat aloqalari, eksperiment maqsadlari esa erishilgan deb
hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: