Tadqiqotlari


 Kuzatuv usulining turlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

9.2. Kuzatuv usulining turlari 
Sifat tadqiqotlarining asosini respondentlar bilan aloqa qilishdan ko‘ra ko‘proq 
ularni kuzatish ko‘zda tutiladigan kuzatuv usullari tashkil qiladi. Bu usullarning 
ko‘pchiligi psixologlar tomondan ishlab chiqilgan yondashuvlarga asoslanadi. 
Marketing tadqiqotlarida kuzatuv o‘rganilayotgan ob’ekt xaqida tanlab olingan 
odamlar guruhini, harakatlar va vaziyatlarni kuzatish yo‘li bilan birlamchi marketing 
axboroti to‘plash usulini ifodalaydi. Bunda tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob’ektga 
taalluqli va tadqiqot maqsadlar nuqtai nazaridan muhim hisoblangan barcha omillarni 
bevosita qabul qiladi va qayd etadi.
Marketing tadqiqotida kuzatuv turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi mumkin. Kuzatuv o‘tkazish usullari xilma-xilligi ularni amalga oshirga to‘rt 
xil yondashuv: bevosita yoki bilvosita, ochiq yoki yashirin, strukturalangan yoki 


208 
strukturalanmagan, inson yordamida yoki mexanik vositalar yordamida amalga 
oshiriladigan kuzatuvlar asosida belgilanadi. 
Bevosita kuzatuv aytaylik, xaridorlarning magazindagi xulq-atvorini (masalan, 
mahsulotlarni qaysi ketma-ketlikda sotib oladi) bevosita kuzatishni nazarda tutadi. 
Bilvosita kuzatuvni qo‘llashda xulq-atvorning o‘zi emas, balki natijalari o‘rganiladi. 
Bu yerda ko‘pincha arxiv ma’lumotlaridan foydalaniladi, masalan, belgilangan 
tovarlarning yillar bo‘yicha zaxiralar dinamikasi xaqidagi ma’lumotlar bozor 
vaziyatidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda foydali bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, 
ayrim hodisalarning tabiiy isbotlari o‘rganilishi mumkin. Masalan, axdat qutilarini 
o‘rganish natijalari bo‘yicha qaysi firmalarning tovar o‘rovi atrof-muhitni qay 
darajada ifloslantirishi xaqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. 
Ochiq kuzatuvda odamlar, masalan, maxsus eksperimentlar o‘tkazishda ularni 
kuzatishayotganini bilishlari ko‘zda tutiladi. Biroq kuzatuvchilar mavjudligi kuzatuv 
ostidagilarning xulq-atvoriga ta’sir etadi, shu sababli bu ta’sirning minimal bo‘lishiga 
harakat qilish kerak. 
Bu talablarga tadqiq etilayotgan shaxslar ularni kuzatishayotganini bilmagan 
hollardagi yashirin kuzatuvlar javob beradi. Masalan, magazinlarda sotuvchi 
xaridorlar bilan qanchalik xushmuomala bo‘lishi va ularga xaridni amalga oshirishda 
yordam ko‘rsatishi yashirincha kuzatilishi mumkin. 
Strukturalangan kuzatuv o‘tkazishda kuzatuvchi u nimalarni kuzatishi va qayd 
etishini oldindan belgilab qo‘yadi. Boshqa barcha xulq-atvor turlariga e’tibor 
qaratilmaydi. Ko‘pincha kuzatuvchining sarflanadigan vaqtini qisqartirishga yordam 
beradigan kuzatuvlar standart varag‘idan foydalaniladi. 
Strukturalangan kuzatuv boshqa usullar bilan olingan natijalarni tekshirish, 
ularni aniqlashtirish uchun foydalaniladi. U tadqiqot ob’ektining xulq-atvorini 
aniqroq ta’riflash uchun axborot to‘plashning asosiy usuli sifatida ham foydalanilish 
mumkin. 
Uning qo‘llanishi tadqiqot predmetini oldindan yaxshi bilishni talab qiladi, 
chunki strukturalangan jarayonni ishlab chiqish jarayonida tadqiqotchi kuzatilayotgan 
vaziyatni tashkil qiluvchi hodisalarni tasniflash tizimini tuzish va kzatuv toifalarii 


209 
standartlashtirishi lozim. Tasniflash tizimi keyingi tahlilni o‘tkazish taxmin 
qilinayotgan atamalar bilan ifodalanishi lozim 
Shunday qilib, kuzatuvlar shakli qaysi xulq-atvor turi kuzatilish va uning 
qanday qayd etilishini ko‘rsatishi lozim. Bundan tashqari, shaklning yuqori qismida 
tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi va kuzatuv vaqti ko‘rsatiladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan yondashuvda dastlab tasniflash, so‘ngra kuzatuvni 
amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Vaholanki dastlab kuzatuv o‘tkazish, so‘ngra 
natijalarni alohida toifalar bo‘yicha joylashtirish mumkin. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish