Tadqiqotlari


So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:
1. Yuqori standartlashuv darajasi, barcha respondentlarga bir xil javob 
variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi. 
2. Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga 
savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin. 
3. Chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyati ketma-ketlikda aniqlashtiruvchi savollar 
berilishidan 
iborat. 
Masalan, 
ishlayotgan bolali onalardan ularning 
ish 
joyi 
maktab 
yoki 
bolalar 
bog‘chasiga qanchalik yaqin bo‘lishi 
muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta 
maktab 
variant 
sifatida 
ko‘rib 
chiqilganligi haqida savol beriladi. 
Shundan 
so‘ng mashg‘ulot turi, 
daromad, oila hajmiga doir savollar 
beriladi. 
4. Tabulyatsiya va statistika tahlilini o‘tkazish imkoniyati matematik statistika 
usullari va shaxsiy kompyuterlar uchun mos keluvchi amaliy dasturlarni qo‘llashdan 
iborat. 
5. Muayyan bozor segmentlari bo‘yicha olingan natijalar tahlili. 
Ommaviy so‘rovlarda axborot manbai bo‘lib faoliyat turi bo‘yicha tahlil 
predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan aholi xizmat qiladi.
Maxsus so‘rovlarda aynan mutaxassislar (ekspertlar) – professional faoliyati 


186 
tadqiqot predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar asosiy axborot manbai vazifasini 
bajaradi.
Shu sababli maxsus so‘rovlar ko‘pincha ekspertlar so‘rovi deb ham ataladi. 
Ular marketing tadqiqotining boshida muammoni aniqlash uchun yoki tadqiqotning 
oxirida qaror qabul qilish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.
Bir martalik so‘rovlar faqat bozor sub’ektlarining korxona faoliyati va uning 
mahsulotlariga joriy reaksiyasini ko‘rsatgan bir paytda takroriy so‘rovlar tovarning 
butun hayot davrini, iste’molchilar so‘rovlari va did-istaklarini aniqlashga imkon 
beradi.
So‘rovlar odatda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlardan foydalanuvchilar 
fikrini o‘rganish uchun foydalaniladi, chunki ularning doirasi nisbatan cheklangan 
bo‘ladi. Iste’mol bozorida potensial iste’molchilar soni shunchalik ko‘pki, amalda 
ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar 
o‘tkaziladi.
Anketa so‘rovlari usulining afzalligi uni amalda hech qanday cheklashsiz 
qo‘llash mumkinligi, ob’ektning oldingi va joriy xulq-atvori, kelajakdagi rejalari 
haqida ma’lumot olishga imkon beradi.
Mazkur usulning kamchiligi so‘rovlarni o‘tkazish uchun katta xarajat va ko‘p 
mehnat talab qilinishi, olingan axborotning noto‘g‘ri javoblar natijasida aniqlik 
darajasi pasayishi mumkinligidan iborat.
So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi:

auditoriya bilan aloqa usulini tanlash;

anketani tayyorlash;

sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish.
So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari 
va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot 
to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga 
ega bo‘lishi mumkin; birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar 
beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi. 


187 
So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq 
etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun 
bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va 
gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot 
darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot 
o‘tkazadi. 
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi: 
1) respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni 
intervyuyer qayd etib boradi; 
2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan; 
3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. 
Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega: 
1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini 
boshqarishga imkon beradi. 
2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli 
munosabat o‘rnatish imkoniyati. 
3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish 
imkoniyati — masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam 
berish. 
Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq 
ko‘rib chiqiladi. 
Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish. 
Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan savollarni juda tez berishi, tasodifan 
tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini 
hisobga olishi mumkin. 
2. Intervyuyerning xatoga yo‘l qo‘ymasligi, kompyuter charchamaydi, uni 
«sotib olib» bo‘lmaydi. 
3. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish. 


188 
4. Ma’lumotlar bilan real vaqt rejimida ishlash. Olingan axborot bevosita 
ma’lumotlar to‘plamiga jo‘natiladi hamda istalgan payt tahlil qilish uchun ochiq 
bo‘ladi. 
5. 
Intervyuyerning 
sub’ektiv xislatlari olinadigan javoblarga ta’sir
ko‘rsatmaydi. Respondentlar intervyuyerga yoqmaydigan javoblarni bermaslikka 
harakat qilmaydi. 
Kompyuter usulining kamchiliklari kompyuter va dasturiy vositalarni xarid 
qilish va undan foydalanish, har bir tekshiruvdan so‘ng kompyuterni viruslardan 
tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat. 
Uchinchi usulning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy jihati shundaki, respondent unga 
berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi. 
Ushbu usulning afzalliklari: 
1. Intervyuyer va kompyuter texnikasidan foydalanilmaslik sababli nisbatan 
arzonlik. 
2. Respondentlar tomonidan savollarga javoblarning mustaqil berilishi, ular 
savolga javobberish tezligi va vaqtini o‘zlari belgilaydi.
3. Intervyuyer yoki kompyuter tomonidan ko‘rsatiluvchi biron-bir ta’sirning 
yo‘qligi respondentlar uchun savollarga javob berishda yanada qulaylik yaratadi.
Bu usulning kamchiligi birinchi navbatda respondentning o‘zi anketa 
savollariga javobni nazorat qilishi, uning javoblarida xatolar bo‘lishi mumkinligi, so‘rov 
muddati buzilishi yoki anketalarning umuman qaytarib berilmasligidan iborat. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish