Tadqiqotlari


Texnologik va tabiiy (ekologik) omillar



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

Texnologik va tabiiy (ekologik) omillar
bir guruhga mansub, texnologiyalar 
resurslarsiz mavjud bo‘lmaydi. Nisbatan zamonaviy texnologiya biror turdagi tabiiy 
resurslarni tejagan holda ayni vaqtda boshqalariga salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Texnologik taraqqiyotni bashoratlash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lishi 
mumkin, shunga qaramay u ko‘pincha turli qiyinchiliklar bilan bog‘liq. 
Texnologiyalarni rivojlanish sur’atlari muntazam o‘sib bormoqda, uning rivojlanish 
yo‘nalishi ko‘pincha kutilmagan yo‘nalishlarda o‘zgarib boradi. 
Qimmatbaho ishlab chiqarish asbob-uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror 
juda ko‘p hollarda texnologiyaning rivojlanishi tez orada mazkur asbob-uskunalarda 
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning eskirishiga olib kelish ehtimoli 
yuqori bo‘lgan sharoitlarda qabul qilinadi. 
Texnologik taraqqiyotni bashoratlash katta sarmoyalarni talab qiladi, ko‘pgina 
tezkor rivojlanuvchi sanoat tarmoqlari (masalan, maishiy texnika tarmoqlari)ning 
muhim funksiyasi hisoblanadi. Bashoratlash tufayli bozorga yuqoriroq daromad 
keltiruvchi texnologik jihatdan yangi mahsulotni samarali va tez chiqarish mumkin 
bo‘ladi.
Korxonalar va xaridorlarning qarorlariga va xatti-harakatlariga ta’sir qiluvchi 
makromuhit omillarining keyingi guruhi 
iqtisodiy va raqobat omillari
dan iborat. 
Ishbilarmonlik faolligi siklining tebranishlari xarid qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, 
chunki narxlar va foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy yuksalish 
davrida ishsizlik darajasi pasayadi, aholi daromadlari esa o‘sadi. Ushbu birikma 
inflyatsiyaning past sur’atlarini hisobga olgan holda xarid qobiliyatining o‘sishiga 
olib keladi. 
Iqtisodiy pasayish davrida ishsizlik darajasi oshadi va umumiy xarid qobiliyati 
pasayadi. 
Korxonalar oldida ishbilarmonlik faolligi sikli ularning bozoriga qanday ta’sir 
etishini aniqlash uchun umumjahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiy tendensiyalarni 
aniqlash vazifasi turadi. 


171 
Real daromad darajasi (ya’ni soliqqa solishdan keyingi daromad) mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlanish holatini aks ettiradi, chunki daromad – xarid qobiliyatining 
asosiy manbasidir. Yalpi daromad bozor holatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib qoladi. 
Bozor iqtisodiyotida raqobatning o‘rnini hisobga olish zarur. Juda kam 
korxonalar (agar ular mavjud bo‘lsa) o‘z faoliyatini raqobatdan holi bo‘lgan muhitda 
yuritadi. Oxirgi paytda mavjud monopoliyalar faoliyatini uning iste’molchilar 
manfaatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini iloji boricha kamaytirish 
maqsadida davlat tomonidan nazorat qilish tendensiyasi kuzatiladi. O‘zbekiston 
bozori hozirgi kunda murakkab va xali shakllanmagan raqobat tuzilishi bilan 
tavsiflanadi. Ushbu makroomilni hisobga olish O‘zbekistonda raqobat muhiti 
jarayonida vujudga keluvchi xatolarni bartaraf qilish va imkoniyatlardan 
foydalanishga yordam beradi. 
Marketing muhitining 
siyosiy
, huquqiy va qonunchilik omillari o‘zaro kuchli 
bog‘langan. Qonunchilik ishbilarmonlik amaliyotini tartibga soladi, huquqiy qarorlar 
sudlar tomonidan tushuntiriladi, nazorat qiluvchi organlar esa ko‘p hollarda 
saylangan shaxslar yoki hukumat yohud davlat organlari tayinlagan shaxslar 
tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Qonunchilik va tartibga soluvchi hujjatlar 
(yoki ularning yo‘qligi) hozirgi mavjud siyosiy muhitni aks ettiradi.
Marketing muhitining siyosiy omili marketing qarorlari va strategiyalariga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Marketing konsepsiyasiga amal qiluvchi tashkilotlar va korxonalar 
rasmiy lobbistik (qo‘llab-quvvatlovchi) kanallar orqali hukumat organlari bilan 
yaxshi munosabatlarni saqlab turishlari zarur, chunki bu holda hukumat organlari 
to‘satdan ushbu kompaniyalarning faoliyatini cheklovchi qonunchilik yoki me’yoriy 
xujjatlarni yaratishi yoki kuchga kiritishi kam ehtimolga ega. Ayrim korxonalar 
siyosiy hodisalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi, bunda qonun 
doirasida ularga ijobiy munosabat bildiruvchi siyosatchilarning saylanishiga 
ko‘maklashadi. Rasmiy hukumat organlari korxonaning tashqi bozorga chiqishida 
asosiy rol o‘ynashi mumkin. 
Korxona faoliyatida makromuhitning mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’sirini 
hisobga olish uchun korxonada strategik va taktik rejalashtirish modellariga kiradigan 


172 
uslubiyotlardan foydalaniladi. Bunday uslubiyotlar korxonaning marketing muhiti 
harakatlariga munosabat bildirish mexanizmini ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish