Mineral oʻgʻitlar
Mineral oʻgʻitlar
- tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan
anorganik
moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo
sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi),
sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. M.oʻ. 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan
M.oʻ.ni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va
boshqa chiqindilar ishlatilgan. M.oʻ. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga)
kuchli taʼsir
qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi
reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan,
ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va
rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi.
M.oʻ. ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining
texnologik
xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal,
dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada
yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, M.oʻ. bevosita
va bilvosita ishlatiladigan
oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun
zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt
kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan,
bir oziq elementli, mas, azotli,
fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash M.oʻ.
zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa
zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan M.oʻ. (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar)
asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi.
M.oʻ. qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak,
ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.
M.oʻ.ning samaradorligi oʻsimlikning
biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit
normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari
sifatiga va boshqalarga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun
tuproqqa solinadigan M.oʻ. meʼyorini toʻgʻri belgilash M.oʻ.dan foydalanishda muhim oʻrinda
turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan
belgilanadi. M.oʻ. usimlikning biologik xususiyatlari, ularning
oziq moddalarga talabi, tuprokda
usimlik oʻzlashtiradigan elementlar miqdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati,
oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda
qoʻllanilishi kerak. M.oʻ. yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va
oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. M.oʻ. ni notoʻgʻri qoʻllash
biotsenozga katta
zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar
tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga,
tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi.
Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t paxta
hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi.
Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% ugʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25%
yetishtirish texnologiyasi orkali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda koʻllanilgan
NPK Mineral
oʻgʻitlarning har bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi
mahsulotlarini beradi. I.t. muassasalarining tekshirish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot,
fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.
Jahonda 20-asrning 90-yillari boshida 150 mln.t. dan koʻproq M.oʻ. ishlab chiqarildi. AQSH,
GFR, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda M.oʻ. ishlab chiqarish rivojlangan
va ularni qoʻllash aholi jon boshiga 32– 80 kg va undan ortiq NPK ni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda M.oʻ. 20-asrning 20-yillaridan qoʻllanila boshlagan. 2001-yilda Oʻzbekistonda
801 ming t (100% oziq modda hisobida) M.oʻ. ishlab chiqarildi (qarang
Agrokimyoviy
haritagramma
,
Azotli oʻgʻitlar
,
Kaliyli oʻgʻitlar
,
Mikrooʻgʻitlar
,
Fosforli oʻgʻitlar
).
Risqivoy Yoqubov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 30 kun avval
Artemev Nikolay
tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mineral_
o%CA%BBg%CA%BBitlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mineral_o
ʻ
g
ʻ
itlar&oldid=2555
887
" dan olindi