Telekommunikatsiya qurilmalarining elektr ta’minoti qanday
amalga oshiriladi
Aloqa korxonalarini elektr energiya bilan ta'minlashda, avval uning elektr
ta'minoti qurilmasi ishlab chiqiladi. Elektr ta'minoti qurilmasini ishlab chiqishda
asosiy texnik ko’rsatkichlar talab qilinadi.
Elektr ta'minoti tizimlarini hisoblashda, texnik ko’rsatkichlari bilan birgalikda
quyidagi ma'lumotlar xam ko’rsatiladi:
1.
Loyihalashtirilayotgan qurilmaning vazifasi.
2.
Elektr tarmog’ ining nominal kuchlanishi va tok chastotasi.
3.
To’grilangan kuchlanish va tokning nominal qiymatlari.
4.
O’zgarmas kuchlanishning to’grilash oralig’i.
5.
Yuklamadagi tok va tarmoq kuchlanishining o’zgarish chegaralari.
6.
Chiqish kuchlanishining ruxsat etilgan o’zgarish chegaralari (tugrilagichlar
va stabilizatorlar).
7.
Nominal yuklamadagi to’g’rilagich va stabilizatorlar chiqishidagi ruxsat
etiladigan pulsatsiya koeffitsienti.
8.
Konstruktiv va ekspluatsion talablar.
9.
Iqlimiy shartlar (maksimal va minimal xarorat, namlik va o’rab turgan atrof
muxit).
10.
Mexanik shartlar (vibratsiya, silkinish).
Elektr ta'minoti qurilmalarini loyixalashtirishda ratsional sxemalar tanlanadi,
uning ko’rsatkichlari aniqlanadi, ekspluatatsion xarakteristikasi, ishlab chiqish
konstruksiyasi ham tanlanadi, massasi, xajm o’lchamlari va qurilmaning tannarxi
aniqlanadi. O’zgarmas kuchlanish manbalarini ishlab chiqarishda quyidagi
loyixalashtirish ketma-ketligi tavsiya etiladi:
1.
Qurilmaning tuzilish sxemalarini qurish (yoki blok sxemalar), qurilmaning
tarkibini aniqlash.
2.
Tuzilish sxemalarini hisoblash.
3.
To’grilagich qurilmasining boshlang’ich xisobi (transformator, filtr).
4.
To’g’rilagich va filtr sxemalarini tanlash.
5.
To’g’rilagichni xisoblash.
6.
Filtrni xisoblash.
7.
Transformatorni xisoblash.
8.
Ishga tushirish va rostlash qurilmasini xisoblash.
9.
To’grilagich qurilmasining oxirgi xisobi.
10.
Stabillash sxemasining xisoblash.
11.
Iqtisodiy arzon elektr ta’minoti manbai sxemasini xisoblash.
12.
Boshqarish sxemasini xisoblash.
13.
Tashki qurilmalar bilan moslashish sxemasini xisoblash.
14.
Ta’minot manbaining samarador xarakteristikasi va texnik parametrlarini
aniqlash.
15.
Ta’minot manbaining iqtisodiy ko’rsatkichlarini baxolash.
Barcha xisoblar qilingandan so’ng elektr ta’minot tizimining to’liq prinsipial elektr
sxemasini elementlar ro’yxati bilan tuzish va konstruktorlik xujjatlarini va texnik
shartlarini ishlab chiqish kerak bo’ladi. Telekommunikatsiya tizimlari elektr
ta’minoti manbalarining tuzilish sxemalarni funksional elektrli, ekspluatatsiyaviy
va konstruktiv-texnologiyali talablar asosida quriladi. Telekommunikatsiya
tizimlaridagi elektron qurilmalar va ikkilamchi ta’minot manbai iste’molchilari
ko’p xollarda bir necha qurilma va bloklardan tashkil topadi. Bu qurilma va bloklar
xar xil nominallardagi tok va kuchlanishlarni talab qiladi. Shundan ma’lumki,
ta’minot manbaini qurishning quyidagi uch asosiy yondashuvi mavjud:
• markazlashtirilgan elektr ta’minot manbai sxemasi;
• markazlashtirilmagan yoki taqsimlangan elektr ta’minot manbai sxemasi;
• xar xil turdagi jamlangan elektr ta’minot manbai sxemasi.
Markazlashtirilgan elektr ta’minot manbai sxemasida (1-rasm) xamma
kuchlanishlar umumiy bitta blokda ishlab chiqarilib iste’molchilarga uzatiladi.
Bunday markazlashtirilgan elektr ta’minot manbai sxemasi ixchamlashtirilgan
qurilmalarda keng qo’llaniladi. Markazlashtirilgan ta’minot manbai sxemasi
boshqa ta’minot manbai sxemalariga qaraganda ixcham va iqtisodiy arzon
hisoblanadi. Lekin, markazlashtirilgan elektr ta’minotida o’tkazgichlardagi
yo’qotishlar oshadi va umumiy manba orqali qurilmalar o’rtasida xalakitli aloqa
paydo buladi.
• Markazlashtirilmagan yoki taqsimlangan elektr ta’minot manbai sxemasida (2-
rasm) aloxida tugun va blok qismlarini
1-rasm. Markazlashtirilgan elektr ta’minot manbai sxemasi
2-rasm. Taqsimlangan elektr ta’minot manbai sxemasi
Xar xil turdagi, jamlangan elektr ta’minot manbai sxemasida (3-rasm) ham
yuqorida aytib o’tilgan markazlashtirilgan va taqsimlangan elektr ta’minot
manbai sxemalaridagi jarayonlar bo’ladi. Bunda ayrim bloklar markazlashtirilgan
elektr ta’minoti manbaidan elektr energiyasi bilan ta’minlansa, qolgan bloklar
uchun esa aloxida qo’shimcha stabilizatorlar, o’zgartirgichlar va boshqa
elementlar ishlatiladi.
3-rasm. Jamlangan elektr ta’minot manbai sxemasi
Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati
1.
Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R.
Allaev, I.H. Siddikov .
2.
Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev,
F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar
ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012.
3.
Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti
manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 .
Do'stlaringiz bilan baham: |