Bog'liq 644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida
11-modda. Oliy o‘quv yurtlarida zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash 1. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlarining talabalariga oliy o‘quv yurtlari aro
harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) ta’lim berish orqali amalga
oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga
yaroqli talabalar (27 yoshgacha bo‘lgan erkaklar) harbiy tayyorgarlik kursini, tibbiyot oliy o‘quv
yurtlarining talaba xotin-qizlari — harbiy tibbiy tayyorgarlik kursini o‘taydilar.
Talabalarni harbiy tayyorgarlik kurslariga qabul qilish ixtiyoriy asoslarda (talabalarning shaxsiy
arizalariga binoan) amalga oshirilishi mumkin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar harbiy
tayyorgarlikni yuqori kurslarda o‘taydilar.
2. Oliy o‘quv yurtlari aro o‘quv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) harbiy
tayyorgarlik kursini o‘tgan, ta’lim dasturini o‘zlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini
topshirgan shaxslar kichik leytenant unvoni olganlaridan keyin zaxiradagi ofitserlar hisobiga
kiritiladilar. Oliy o‘quv yurtlari aro o‘quv markazlarida ta’lim kursini muvaffaqiyatli tugallab, ofitser
lavozimida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan erkak talabalar dastlabki ofitserlik unvoni
olganlari va oliy o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin qo‘shinlarga jo‘natilishlari mumkin. Bunda oliy
o‘quv yurtida o‘qish davri harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi.
Oliy o‘quv yurtlarining kichik kurslarida serjantlar tayyorlash dasturini o‘tgan yoki yuqori
kurslarda harbiy ta’lim olishni davom ettirishni rad etgan, harbiy tayyorgarlik ta’limi olish istagini
bildirmagan talabalar (oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin) ushbu Qonunga muvofiq muddatli
harbiy xizmatni o‘tashga jalb etiladilar.
3. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Mudofaa
vazirligi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar (qo‘mitalar) zimmasiga
yuklatiladi.
Oliy o‘quv yurtlariaro harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarining (harbiy kafedralar yoki
sikllarning) yo‘nalishlarini, zaxiradagi ofitserlar ixtisoslarining ro‘yxatini Mudofaa vazirligi belgilaydi
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
4. Tarkibida oliy o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlari (harbiy kafedralar yoki sikllar) tashkil etilgan
oliy o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari harbiy
tayyorgarlikni alohida modda bo‘yicha pul bilan ta’minlaydilar hamda O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazani yaratadilar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan
nazoratni, o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlarining, harbiy kafedralar (sikllar)ning boshliqlari va
ularning o‘rinbosarlari lavozimiga ushbu kelishgan holda, boshqa lavozimlarga esa — oliy o‘quv
yurtlarining rektorlari bilan kelishgan holda ofitserlar tanlash va tayinlashni amalga oshiradi.
Oliy o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlarining, harbiy kafedralarning (sikllarning) harbiy
lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kadri
sifatida qoladilar va haqiqiy harbiy xizmatdagilar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan
foydalanadilar.