III. Yangi mavzu bayoni. – Bugun sizlar bilan “Chaqimchiga “mukofot” ertagi bilan tani-
shamiz.
Ertak mazmuniga mos lavha namoyish qilinadi, kadr ortidan
matn o‘qiladi va matn mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quv chilar
kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi: shikor –
ov
voqif –
bilib qoldi, ogoh bo‘ldi
xiyonat –
va’dasini buzdi
tazarru –
tavba qildi
Mavzu yuzasidan “Mosini top” o‘yinio‘tkaziladi.
hokim
jilovdor
saxiy
landavur
ziyrak
baxil
oqko‘ngil
vafodor
bevafo
ichi qora
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Chaqimchiga “mukofot”
ertagini “Ichda o‘qish” usulida o‘qitiladi va qayta hikoya qildiriladi.
Quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:
Hokim otboqardan nimani iltimos qildi?
1.
47
Chaqimchilik qanday odat ekan?
2.
Hokimning ukasi qanday yo‘l tutdi?
3.
Chaqimchi otboqar qanday jazo oldi?
4.
Chaqimchilik haqida o‘z fikringizni bayon eting.
5.