VI. Uyga vazifa berish. “Eng ulug‘ fazilat” ertagini o‘qish.
26-dars
Mavzu: “Har kim ekkanin o‘rar” (Munavvar qori Abdurashidxonov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga qarindoshlik rishtalarining qanchalik mu-
him ligi haqida ma’lumot berish, “Har kim ekkanin o‘rar” ertagi bi-
lan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini
shakl lantirish.
TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli
munosabat bildirish.
FK 1: o‘qilgan matnning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni yaqinlariga mehribon bo‘lish, ota-onasini
hurmat qilishga o‘rgatish.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobili-
yatlarini, asar qahramonlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, mazmunini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |