17-d a r s
Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa‘dulla). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Qovun sayli” hikoyasi haqida ma’lumot
berish. O‘quvchilarni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malaka-
si ni takomillashtirish.
FK 1:
hikoya mazmuni va fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga,
o‘rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlarni ang lash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, mantiqiy
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, muammoli izlanish, “Shivirlab
o‘qish”, “Pinbord” usullari, “Qovunlar nomini toping” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |