“Bir haqiqat uch yolg‘on” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quv chilarga
maqollar beriladi. Maqollarni yon tomonlariga so‘zlar yozil-
gan tarqatmalar osilgan bo‘ladi. Ular berilgan so‘zlarni qaysi
biri Vatan haqida ekanligini topishlari zarur.
Maqollar: Uzoqning donidan yaqinning somoni yaxshi.
Ekin yerida ko‘karar, er–elida.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Yangi hovliga ko‘chayotgan bobo nima uchun g‘amgin bo‘lib qoldi?
2. Bobo “Kichik Vatan” haqida nimalarni gapirib berdi?
3. “Kichik Vatan” haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Boboning holati sizda ham bo‘lganmi?
5. Hikoyani o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |