III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Shukur Sa’dullaning “Yoz” she’ri bilan
tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yoz fasli, unda bo‘ladigan tabiat hodisalari haqida
suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.
– Yoz faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
– Yozda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydilar?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Yoz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan
“Yoz” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Yoz” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni
tushun tiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |