III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Navoiy bobomlar”. (T. Adashboyev).
O‘qituvchi “Navoiy bobomlar” she’rini ifodali o‘qib beradi.
Videolavha namoyish etiladi.
– Bolajonlar, men hozir she’rni o‘qiyman, siz esa diqqat bilan
eshiting va tushunarsiz so‘zlarni qalam bilan belgilab qo‘ying.
She’rni o‘qib bo‘lgach, o‘qituvchi tushunarsiz so‘zlarga izoh be-
radi.
Lug‘at ishi:
to‘zon – Havoga ko‘tarilgan mayda narsalar aralash chang
mag‘rib-u mashriq – kunbotar-kun chiqish tomon
shamshod – qaddi-qomati tik va kelishgan.
She’rning mazmuni tahlil qilinadi.
– A. Navoiy qayerda tavallud topgan?
– Qaysi asar ko‘ngilni yoritgan?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. She’rni o‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajari-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |