III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Tanbeh” (Xondamir). O‘qituvchi ri-
voyat muallifi haqida ma’lumot beradi. Yangi mavzuni tushuntirishda
“Arra” metodidan foydalaniladi.
“Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko‘ra kichik guruh 4-5
o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu
yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq, ya’ni “Tanbeh” rivoyati
matni ustida ishlaydilar.
O‘quvchilar bilimi tеst savollari yordamida individual tarzda
o‘tqazilib, nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari
jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib sanaladi.
Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |