Lug‘at ishi:
mangu
–
abadiy
ehtirom – hurmat
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Mangu olov” she’ri o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Mangu olov nimaning ramzi?
–
Shoir uni nima uchun “Yuraklardan o‘chmaydi sira” deb ta’rif-
–
laydi?
“Bilag‘onlar” o‘yini. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘li nib,
“Xotirangiz abadiy bo‘lar” nomli matn yozadilar. Berilgan vaqt
tugagandan so‘ng har bir guruh o‘z matnini o‘qib beradi. Eng
yaxshi matn yozgan guruh g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Vatan uchun jonini bergan fidoyilardan kimlarni bilasiz?
1.
Xotirlash va qadrlash nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?
2.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |