“Gapning egasini top” mashqi. Bir o‘quvchi hikoyadan biror
qahramonning gapini o‘qib beradi. Ikkinchi o‘quvchi esa bu
gap kimga tegishli ekanini topishlari lozim bo‘ladi.
Masalan:
– Iya bu nima! (Ra’no)
– Bu men! (Daraxt)
– Iya, daraxt ham danakning ichida bo‘ladimi? (Ra’no)
Test topshiriqlari:
1. “Danak ichidagi daraxt” hikoyasining muallifi kim?
A) N.Fozilov B) Abdurahmon Akbar
D) G‘. G‘ulom
E) Aziz Abdurazzoq
2. “Ra’nolarning uyida asaldan ham totliroq mevasi bor”
daraxtning nomi nima?
A) o‘rik B) gilos D) olcha E) olma
3. O‘rikni quritib nima qilishar edi?
A) turshak qilishardi B) turshak qilib xaltalarga yig‘ishar edi
D) savatga solib yig‘ishardi E) murabbo tayyorlashardi.
4. Danakning ichidan qanday ovoz keldi?
A) bu men-daraxtman B) qanaqa daraxt ekansan?
D) daraxt danakning ichida bo‘ladimi? E) daraxt, qayoqqa
qochding?
5. Danak nima qildi?
A) qochib ketdi B) gapirdi D) yo‘qoldi E) yerga tushdi
Do'stlaringiz bilan baham: |