Lug‘at ishi:
suruv – qo‘y-echki podasi
zamin – yer, tuproq
g‘ubor – gard, chang, to‘zon
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan satrlarni she’rdan topib
o‘qiydilar.
She’rning mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:
– She’r nimaning nomidan aytilgan?
– Yomg‘irning qarindoshlari nimalar ekan?
– Shoirning yozishicha, yomg‘ir asli qayerlik? Nima uchun?
– Onasi yomg‘irga qanday maslahat berdi?
– Siz ham onangizning maslahatlariga quloq tutasizmi?
Onalarni hurmat qilish, ularning maslahatiga doim amal qilish, ga-
pini ikki qilmaslik kabi xislatlar insonni doim to‘g‘ri yo‘lga boshlashi
haqida tushuncha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |