Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qigan asarlari yuzasidan savol-
lar tuzish, asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va
so‘zlardan gaplar tuzish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Insert” texnologiyasi, “Kim
zukko?”, “Raqamli joylashuv” mashqlari.
Dars jihozlari: yovvoyi hayvonlar suratlari, multimedia ilovalari.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O ‘quvchilarni darsga hozirlash.
164
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismi
mazmunini navbat bilan shaxsini o‘zgartirib, muallif nomidan so‘z-
laydilar.