“Xotira” o‘yini. Mavzuga doir 20 ta so‘z o‘qib beriladi. O‘quv-
chilar ularni eshitib bo‘lgach, eslab qolganlarini aytadilar. Eng ko‘p
so‘z aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– O‘quvchilar, bugun biz Mirtemirning “Qush tili” she’ri bilan tani-
shamiz.
Matn muallifi haqida ma’lumot beriladi.
She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etilib, kadr ortidan
she’r matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket she’rni o‘qiy-
di. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. She’r matni ustida ishlanadi,
notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |