Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, test
yechish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligini oshirish.
FK 1: she’riy matnlarni tinglab tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Rasmli reja”, “O‘rnini top” o‘yini.
Dars jihozlari: vatanimiz go‘zalligi, maktabda bilim olayotgan, sport
bilan shug‘ullanayotgan bolalar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Rasmli reja” mashqi. O‘quvchilar Safar Barnoyevning “Man-
gulikka tatigulik kun” matni mazmunini “Rasmli reja” o‘yini
asosida so‘zlab beradilar. Buning uchun doskaga xatboshilar-
ga oid rasmlar ilinadi. O‘quvchilar shu rasmlar asosida matnni qayta
hikoya qilib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |