“Tanlab o‘qish” mashqi.
– Tulkining ko‘zachaga iltijosi tasvirlangan parchani o‘qing.
– Tulki bilan bo‘rining suhbati tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Laqma it kimlardan boshpana so‘radi?
– Siz ham dangasalik qilganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 2-qis-
mini o‘qish.
44-d a r s
Mavzu: “Ochko‘z boy” (Ertak).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomon-
lik qaytishi haqida ma’lumot berish, ularda to‘g‘ri va ifodali o‘qish
ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga insoniylik fazilatlarni singdirish, ularda
mehribonlik, saxiylik, sabr-qanoat kabi xislatlarni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |