III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Ko‘zacha bilan tulki”
ertagining 1-qismi bilan tani-
shamiz
.
O‘quvchilarga ertak lavha orqali taqdim etiladi, matn o‘qi ladi.
Ertak mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket ertakni
o‘qiydilar. Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at
ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
ag‘anamoq –
yumalamoq
g‘am bosibdi –
qayg‘uribdi
tunamoqchi –
biror joyda tunni o‘tkazmoq
ta’ziringni beraman –
adabini bermoq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash:
O‘quvchilar “Ko‘zacha bilan tulki” ertagini “Rolli o‘qish” usulida
o‘qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
– Tulki nima uchun bir necha kun indan chiqmay qo‘rqib yotdi?
– Tulki qanday hiyla ishlatib bo‘rini qopqonga tishirdi?
– Ertak sarlavhasini yana qanday nomlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |