IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Oftob chiqdi olamga”
she’ri o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
“So‘z o‘yini” mashqi. Ekranda berilgan so‘zlarnig ingliz
tilidagi tarjimasini o‘z o‘rniga qo‘yadilar. Masalan: xola-aunt,
olam-world, oftob-sunshine.
“Oftob” qo‘shig‘i eshittiriladi.
“
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Oftob chiqdi olam-
ga” she’ridagi qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p
qofiyadosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Kattalar ish buyurganda nima deb javob berasiz?
– “Mehnatning tagi rohat” maqolini qanday tushunasiz?
– Siz uyda va maktabda qanday ishlarni bajara olasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |