Suv obyektlaridan muddatli foydalanish – suv obyektlaridan
belgilangan ma’lum muddatda foydalanish bo‘lib, u ikki xil bo‘ladi: qisqa
muddatli foydalanish; suv obyektlaridan yigirma yilgacha foydalanish.
Suv obyektlarini muhofaza qilish – suv obyektlarini saqlash va
tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Suv ombori – turli suvdan foydalanuvchilarning va suv iste’mol-
chilarning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni tartibga solish maqsadida
bunyod etiladigan, suv yig‘iladigan maxsus tabiiy yoki sun’iy kelib
chiqishga ega bo‘lgan suv havzasi.
Suv rejimi – suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi
va hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |