Microsoft Word экология лотин doc


-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish, muhofaza qilish hamda



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

3-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish, muhofaza qilish hamda 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ekologik-huquqiy muhofaza 
qilishda huquqni muhofaza qiluvchi  organlarning roli va vazifalari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlari 
xodimlari  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  ekologik-huquqiy 
muhofaza qilishda alohida o‘rin egallaydilar. 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z huquqlari doirasida o‘zaro 
kelishilgan  yoki  shartnoma  asosida  davlat  qo‘riqxonalari,  davlat  milliy 
tabiat  bog‘lari,  davlat  buyurtma  qo‘riqxonalari  va  davlat  tabiat 
yodgorliklarini,  suvni  muhofaza  qilish  mintaqalari  (tegralari),  kurort 
tabiiy  hududlari,  rekreatsion  tegralar,  botanika  bog‘lari,  dendrologiya 
bog‘lari, qo‘riqlanma (oraliq) tegralari, hayvonot bog‘lari, baliq xo‘jalik 
tegralari va boshqa hududiy obyektlarni qo‘riqlaydilar. 
Shuni  uchun  ham  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlardan  biri 
bo‘lgan  ichki  ishlar  organlari  tarkibiga  kiruvchi  qo‘riqlash  (xizmati) 
bo‘linmasining  mazkur  sohadagi  vazifalari  ancha  ko‘p.  Qo‘riqlov 
xizmatining  ishi  o‘z  vaqtida  profilaktika  inspektorlari,  yong‘in  xavfsiz-
ligi  xizmati  va  DYHXX  xodimlari  bilan  ham  bog‘liq  bo‘lib,  o‘z  huquq 
jarayonida ular bilan birgalikda ish olib boradilar. 
Ichki  ishlar  organlari  xodimlari  muhofaza  etiladigan  tabiiy 
hududlarni  ekologik-huquqiy  muhofaza  qilish  davrida  O‘zbekiston 
Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  va  IIVning  bir 
qator normativ-huquqiy hujjatlariga amal qiladilar.  
Demak,  ichki  ishlar  organlari  tizimidagi  profilaktika  inspektorlari, 
muhofaza  (qo‘riqlov)  hamda  yong‘indan  saqlash  bo‘linmalari  hayvonot 
dunyosini ekologik muhofaza qilishda muhim ishlarni olib boradilar. 
Ichki  ishlar  organlarining  bo‘linmalari  O‘zbekiston  Respublikasi-
ning  «Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish», 
«Sanitariya  nazorati  to‘g‘risida»gi,  «Veterinariya  to‘g‘risida»gi  qonun 
talablarini amalga oshiradilar. 
Barcha  bo‘linmalar,  boshqa  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar 
bilan  hamkorlikda  ish  olib  borib,  hayvonot  dunyosi  va  uning  barcha 
turlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashadilar. 
Shuningdek,  ichki  ishlar  organlari  hayvonot  dunyosida  turli  kasal-
liklar,  ularning  oldini  olish  va  ushbu  kasalliklarga qarshi  kurashish,  no-
qonuniy ov qilish, ularni otib o‘ldirish, qirib yuborish, ular yashayotgan 
muhitni buzish, ular yashayotgan joylarda yong‘in xavfining oldini olish 
va boshqa bir qator vazifalarni amalga oshiradilar. 


 
191
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan 
bu  masalaga  jiddiy  e’tibor  berdi  va  2004-yil  3-dekabrda  «Muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonun
1
ni qabul qildi. 
Mazkur qonun hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab noyob 
hamda ekologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, tibbiy va estetik nuqtai nazar-
dan milliy boylik va umumxalq mulki bo‘lgan qimmatli tabiiy majmua-
larni  muhofaza  etishning  umumiy,  huquqiy,  ekologik,  iqtisodiy  va 
tashkiliy asoslarini belgilab berdi. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar va hayvonot dunyosini ham-
da  davlat  milliy  tabiat  bog‘lari  va  tarixiy  yodgorliklarini  saqlab  qolish, 
ularning  sonini  ko‘paytirish  inson  hayotini  ekologik  normal  saqlashga, 
tabiat  bilan  jamiyat  va  inson  o‘rtasidagi  ma’lum  mutanosiblikni 
shakllantirishga katta yordam beradi. 
Hozirgi paytda respublikamizda qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy 
maydoni  2  million  gektardan  ortiq,  alohida  qo‘riqlanadigan  11  tabiiy 
hududiy  obyekt,  jumladan  9  qo‘riqxona,  400  dan  ortiq  tabiat  yodgor-
liklari  mavjud.  Demak,  ana  shunga  o‘xshash  muhofaza  etiladigan  va 
boshqa tabiiy hududlar huquqiy muhofaza qilinmog‘i lozim. 
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning asosiy 
vazifalari tipik, noyob qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simlik 
va  hayvonlarning  irsiy  fondini  saqlab  qolishdan,  inson  faoliyatining 
tabiatga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatilishining  oldini  olishdan,  tabiiy  jarayonlarni 
o‘rganishdan,  atrof  tabiiy  muhit  manitoringini  olib  borishdan,  ekologik 
ma’rifat va tarbiyalashni takomillashtirishdan iborat.  
Mazkur  qonunning  4-moddasiga  ko‘ra,  muhofaza  etiladigan  tabiiy 
hududlar – bu yerning va (yoki) suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustu-
vor  ekologik,  ilmiy,  madaniy,  estetik,  rekreatsiya  va  sanitariya-
sog‘lomlashtirish  ahamiyatiga  molik  bo‘lgan,  xo‘jalik  maqsadidagi  doi-
miy  yoki  vaqtincha  foydalanishdan  to‘liq  yoki  qisman  chiqarilgan 
uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. 
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va 
tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza kilish 
va  foydalanish  rejimi  (bundan  buyon  matnda  rejim  deb  yuritiladi) 
o‘rnatiladi. 
Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  biologik,  landshaft  rang-
barangligini  ta’minlash  va  ekologik  muvozanatni  saqlab  turish  uchun 
mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi. 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2005. 
– №1. –14-м. 


 
192
Xullas,  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  huquqiy  holatining 
quyidagi xususiyatlari mavjud: 
1)  uning  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qo‘ygan 
talabiga mosligi, konstitutsiyaviy ustuvorlikka ega ekanligi hamda davlat 
tomonidan muhofaza etilishi; 
2)  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  huquqiy  holatini 
o‘rganish  va  u  to‘g‘risidagi  qonun  davlat  qo‘riqxonalari,  davlat  milliy 
tabiat  bog‘lari,  davlat  buyurtma  qo‘riqxonalari  va  davlat  tabiat 
yodgorliklari,  muhofaza  etiladigan  o‘zga  tabiiy  hududlar  va  boshqa 
masalalarni  hamda  u  bilan  bog‘liq  barcha  munosabatlarni  huquqiy 
jihatdan tartibga solishi; 
3) u yangi ijtimoiy tuzum bozor munosabatlarini mustahkamlash va 
ekologik  siyosatni  barqarorlashtirish  uchun  yangi  huquqiy-ekologik 
zamin  bo‘lib,  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  muhofaza  qilish 
hamda ularni huquqiy tartibga solishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi; 
4) mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul 
qilingan  ekologik  qonunlarni  qo‘llash  va  ular  bilan  birgalikda  ekologik 
muhitni yaxshilashga, tabiat obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni 
muhofaza  qilishga,  ayniqsa,  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni 
saqlashga xizmat qilishi; 
5)  ushbu  soha  fuqarolarimizdan  shu  kungi  hayot  talabi  asosida 
ekologik-huquqiy  ma’naviyat  va  madaniyatli  bo‘lishni  hamda  ushbu 
yo‘nalishda  doim  yuksalish  bo‘lishini  taqozo  qilishi  va  boshqa 
xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish