Microsoft Word экология лотин doc


-§. O‘simlik dunyosi va o‘rmon boyliklariga nisbatan mulk huquqi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

 
2-§. O‘simlik dunyosi va o‘rmon boyliklariga nisbatan mulk huquqi. 
O‘simlik dunyosi va o‘rmon boyliklaridan foydalanuvchilarning 
huquq va majburiyatlari, bu sohaga oid nizolarni hal etish va 
 yuridik javobgarlik asoslari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  o‘simliklar  dunyosini  ekologik-huquqiy 
muhofaza  qilish, undan  foydalanishning  huquqiy  tartibi hamda boshqaruv 
va  nazorat  qilish  hollari  1997-yil  26-dekabrda qabul  qilingan  O‘zbekiston 
Respublikasining  «O‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish to‘g‘risida»gi
1
 qonuni bilan tartibga solingan. 
Mazkur qonun tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik dunyosini, shuning-
dek, takror yetishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o‘stiriladigan 
yovvoyi  o‘simliklarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi. 
O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi muno-
sabatlar o‘rmonlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  o‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish 
va  undan  foydalanish  sohasidagi  munosabatlar  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Agar  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  o‘simlik 
dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to‘g‘risidagi  qonun 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 1998. 
– № 1. – 12-м. 


 
164
hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma 
qoidalari qo‘llaniladi. 
Ko‘rinib turibdiki, ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasining barcha 
ekologik,  geografik,  iqtisodiy  va  huquqiy  xususiyatlarini  o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
– floraning tur bo‘yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda 
saqlab qolish; 
– tabiiy  o‘simlik  jamoalarining  va  yovvoyi  o‘simliklar  o‘sadigan 
muhitning bir butunligini saqlab qolish; 
– o‘simlik  dunyosidan  oqilona  foydalanishni  va  uni  takror 
yetishtirishni ta’minlash; 
– yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish 
va  undan  foydalanish  sohasidagi  faoliyatini  huquqiy  tartibga  solish. 
(Qonunning 2-moddasi). 
O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hamda nazorat etish katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqi-
lona  foydalanishni  ta’minlaydi.  Shuning  uchun  ham  «O‘simlik  dunyosini 
muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  qonunda  o‘simlik 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqa-
ruvi  aniq  ko‘rsatilgan.  Jumladan,  mazkur  qonunda  ko‘rsatilishicha, 
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat 
boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolat berilgan davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
va  O‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  huzuri-
dagi  o‘rmon  xo‘jaligi  bosh  boshqarmasi  o‘simlik  dunyosini  muhofaza 
qilish  va  undan  foydalanish  sohasida  maxsus  vakolat  berilgan  davlat 
boshqaruv organlaridir. 
O‘simlik  dunyosi  davlat  mulki  –  umummilliy  boylik  bo‘lib,  undan 
oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (3-modda). 
O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasi-
dagi  davlat  boshqaruvining  asosiy  xususiyati  ham  shundaki,  u  bevosita 
o‘rmon  boyliklarini,  alohida  muhofaza  etadigan  tabiiy  hududlarni 
muhofaza qilish bog‘liq bo‘ladi. 
O‘simlik  dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydala-
nish ustidan davlat nazoratini olib borish katta ahamiyatga egadir. Ushbu 


 
165
masala  o‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to‘g‘risidagi qonunda o‘z ifodasini topgan. 
Jumladan,  mazkur  qonunning  27-moddasiga  asosan,  o‘simlik 
dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  ustidan 
davlat  nazorati  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  shuningdek, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
O‘simlik  dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 
foydalanish  ustidan  idoraviy,  ishlab  chiqarish  va  jamoatchilik  nazorati 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Xullas,  o‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
sohasida  davlat  boshqaruvi  hamda  nazoratini  olib  borish  o‘simliklar 
dunyosini  ekologik-huquqiy  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona 
foydalanishni ta’minlaydi. 
Davlat  o‘rmon  fondi  yerlarining  huquqiy-ekologik  holati  nafaqat 
nazariy,  balki  amaliy  ahamiyatga  ham  ega.  Shuning  uchun  ham 
o‘rmonlarga  bo‘lgan  mulkchilik  va  davlat  o‘rmon  fondining  huquqiy 
ahamiyatini qonunda belgilanishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston 
Respublikasining  «O‘rmon  to‘g‘risida»gi  qonuniga  asosan,  «O‘rmonlar 
davlat  mulki  –  umummilliy  boylik  bo‘lib,  ulardan  oqilona  foydalanish 
lozim hamda ular davlat tomonidan qo‘riqlanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  joylashgan  barcha  o‘rmonlar 
davlat o‘rmon fondini tashkil etadi. Davlat o‘rmon fondi: 
– davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlardan, ya’ni davlat o‘rmon 
xo‘jaligi organlari qaramog‘idagi o‘rmonlardan; 
–  boshqa  idoralar  va  yuridik  shaxslar  foydalanadigan  o‘rmonlardan 
iboratdir. 
Shuningdek,  mazkur  qonunchilikda  o‘rmon  fondi  yerlari  va  davlat 
o‘rmon  fondi  uchastkalari  haqida  ham  aniq  ko‘rsatma  mavjud.  O‘rmon 
bilan  qoplangan  yerlar,  shuningdek  o‘rmon  bilan  qoplanmagan,  ammo 
o‘rmon  xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun  berilgan  yerlar  o‘rmon  fondi  yerlari 
hisoblanadi.  O‘rmon  fondi  yerlarining  chegaralari  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda aniqlanadi. 
O‘rmon  fondi  yerlari  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  egalik 
qilish, foydalanish, shu jumladan, ijaraga berilishi mumkin. 
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi 
bo‘lib,  ularning  muayyan  chegarasi,  maydoni,  joylashgan  manzili, 
huquqiy  rejimi  qayd  etilgan  hamda  chizma-kartografik  materiallarda 
ko‘rsatilgan bo‘ladi.  


 
166
Yuridik adabiyotlarda va «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunda o‘rmonlarni 
muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘pay-
tirish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat etish tartibi ko‘rsatilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘rmon  to‘g‘risida»gi  qonuni  maz-
muni  va  talabidan  kelib  chiqadigan  bo‘lsak,  o‘rmondan  foydalanish 
huquqini va yuqorida ko‘rsatilgan tartibni belgilovchi tashkilotlarni quyi-
dagi turlarga bo‘lish mumkin:  
1) Vazirlar Mahkamasi;  
2) O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi;  
3) Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;  
4) mahalliy davlat hokimiyati organlari;  
5) o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar.  
O‘rmondan  foydalanish  huquqini  beradigan  ushbu  tashkilotlarning 
yuqoridagi  tizimidan  ko‘rinib  turibdiki,  bu  huquq  asosan  ma’muriy 
ruxsat berish, boshqarish va nazorat etish tartibi orqali vujudga keladi. 
Ushbu masala, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida shun-
day  uqtiriladi:  «O‘rmonlarni  muhofaza  qilish,  qo‘riqlash,  ulardan  foyda-
lanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbe-
kiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hu-
zuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi 
o‘rmon  xo‘jaligi  bosh  boshqarmasi  va  uning  joylardagi  idoralari  davlat 
o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hisoblanadi. 
Shuningdek,  mazkur  qonunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  o‘rmonga  oid  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasidagi 
vakolatlari  aniq  ko‘rsatilgan.  O‘rmonga  oid  munosabatlarni  tartibga  solish 
sohasida  quyidagilar  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
vakolatlariga kiradi: 
– o‘rmonlarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bo‘yicha 
yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
– davlat o‘rmon fondini tasarruf etish; 
– o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash; 
o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini 
belgilash;  
– o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ular-
ni  takroriy  ko‘paytirish  ustidan  davlat  nazoratini  tashkil  etish  va  amalga 
oshirish; 


 
167
– o‘rmonlarning  davlat  hisobini  va  davlat  o‘rmon  kadastrini  yuritish 
tartibini belgilash; 
– o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish. 
Bundan  tashqari,  amaldagi  qonunchilikda  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlarining  o‘rmonga  oid  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasidagi 
vakolatlari  ham  belgilab  qo‘yilgan.  Ushbu  masala  «O‘rmon  to‘g‘risida»gi 
qonunning 11-moddasida quyidagicha ko‘rsatilgan: 
– davlat  o‘rmon  xo‘jaligi  tashkilotlari  bilan  kelishgan  holda  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarga  davlat  o‘rmon  fondi  uchastkalarini  berish,  davlat 
qo‘riqxonalarining  o‘rmonlari  hamda  davlat  milliy  tabiiy  bog‘larining 
qo‘riqxona mintaqalari bundan mustasno; 
– o‘rmonlarning  davlat  hisobi  va  davlat  o‘rmon  kadastri  yuritilishini 
ta’minlash; 
– o‘rmonlarni  muhofaza  qilish,  qo‘riqlash,  ulardan  foydalanish  va  ularni 
takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;  
– o‘rmonlar  holatiga  zarar  yetkazgan  hollarda  korxonalar,  muassa-
salar  va  tashkilotlar  faoliyatini  cheklash,  to‘xtatib  qo‘yish  va  tugatish 
to‘g‘risida  qarorlar  qabul  qilish.  Tadbirkorlik  subyekti  faoliyatini 
cheklash,  to‘xtatib  qo‘yish  (favqulodda  vaziyatlar,  epidemiyalar  hamda 
aholining  hayoti  va  salomatligi  uchun  boshqa  real  xavf  yuzaga 
kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lma-
gan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki 
tugatish sud tartibida amalga oshiriladi;  
– o‘rmonlarda  mol  boqish  hamda  yog‘ochga  taalluqli  bo‘lmagan 
resurslardan  foydalanishning  boshqa  turlari  normalarini  davlat  o‘rmon 
xo‘jaligi organlari bilan birgalikda belgilash va tartibga solish; 
– o‘rmonlarni  muhofaza  qilish,  qo‘riqlash,  ulardan  foydalanish  va 
ularni  takroriy  ko‘paytirish  borasida  aholining  ma’rifatli  bo‘lishini 
tashkil etish; 
  – o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish. 
O‘rmonlarni  muhofaza  qilish,  qo‘riqlash,  ulardan  foydalanish  va 
ularni  takroriy  ko‘paytirish  ustidan  davlat  nazorati  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
O‘rmonlarni  muhofaza  qilish,  qo‘riqlash,  ulardan  foydalanish  va 
ularni  takroriy  ko‘paytirish  ustidan  idoraviy  nazorat  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  huzuridagi  o‘rmon 
xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.  


 
168
O‘simliklar antropogen ta’sirdan ko‘p zarar ko‘radi. Shuning uchun 
ham  yer  yuzida  yo‘qolib  ketayotgan  yoki  nodir  o‘simliklar  jumlasiga 
kirgan  turlar  soni  yildan-yilga  ko‘payib  bormoqda.  Hozirgi  kunda 
o‘simliklarning 25-30 mingga yaqin turi, ya’ni 8-10 foizi yo‘qolib ketish 
xavfi  ostida  turibdi.  O‘simliklar  turkumi  ham  jadal  sur’atda  yo‘qolib 
bormoqda.  Ularning  ko‘pchiligi  faqat  qo‘riqxonalar  va  dam  olish 
maskanlarida  saqlanib  qolgan.  Lekin  shuni  unutmaslik  kerakki,  turkum 
o‘simliklar to‘la yo‘q bo‘lib ketgandan keyin amalda qayta tiklanmaydi, 
to‘g‘rirog‘i mangu yo‘q bo‘lib ketadi. 
Bizningcha,  buning  sababi,  inson  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  muvoza-
natning buzilishi, tabiat boyliklariga, jumladan, o‘rmon va o‘simliklarga 
shafqatsiz  muomalada  bo‘lishlik,  qolaversa,  odamlarning  ekologik-
huquqiy  ma’naviyati  va  madaniyatini  talab  darajasida  emasligi, 
profilaktik ishlarning yetarli darajada olib borilmaganligidadir. 
O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish, ular to‘g‘risidagi qonunlarni 
buzganlik  va  ulardan  noto‘g‘ri  foydalanganlik  uchun  ekologik-huquqiy 
javobgarlik  masalasi  «O‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  to‘g‘risida»gi  qonunida  aniq  ko‘rsatilgan.  Ushbu  qonunning 
28-moddasiga  ko‘ra,  o‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzishda  aybdor  bo‘lgan 
shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va 
undan  foydalanish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  oqibatida 
yetkazilgan  zararni  qonun hujjatlarida belgilangan tartibda  va  shartlarda 
qoplashlari  shart.  Zararni  qoplash  aybdorlarni  qonun  hujjatlariga 
muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. 
Qonunga  muvofiq  nabotot  olami  va  shifobaxsh  o‘simliklardan 
noto‘g‘ri  foydalanganlik  va  ular  to‘g‘risidagi  qonunlarni  buzganlik 
uchun quyidagi javobgarlik mavjud. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish