9-jadval
majburiyat
----------------------------------------- ► huquq
, 1- k
mas uliyat ^
-■
■
^покш ш к
Har bir majburiyat va huquq bir-biri bilan muvozanatda bo'lishi
kerak, ya’ni har bir majburiyat huquq asosida ta’minlangan bo'lishi
lozim. Ishlab chiqarish da mahsulotlar yetarli bo'lmasa ziddiyatlar kelib
chiqishi mumkin. Ish to'xtab qolganda ham nizolar kelib chiqadi.
Rahbar buning oldini olish uchun harakat qilishi kerak. Guruh bo'lib
ishlanadigan joylarda bir ishchining ishga kelmasligi butun jamoaga
salbiy ta’sir etishi mumkin. Kelmagan ishchining o'miga boshqa ishchi
ishlagisi kelmaydi, «nimaga men uning o'miga ishlashim kerak?»,
«bu mening majburiyatimga kirmaydi», kabi e’tirozlar bo'lishi mumkin.
Bunday holatda rahbar bilan ishchi o'rtasida ziddiyat kelib chiqishi
mumkin. Har bir rahbar xodimlarning bajargan ishini sifatiga qarab
mukofotga tavsiya qilishi kerak. Rag'batlantirish masalasini o'rinbosarlari
bilan kelishgan holda belgilashi lozim. Aks holda ziddiyat, nizolar
kelib chiqishi mumkin. Korxonada tashkiliy mas’uliyat eng muhim
stimul (rag'bat) bo'lib xizmat qiladi.
Ish o'rinlari o'rtasidagi bog'liqlik aloqalari uchga bo'linadi:
texnologik, axborot, iyerarxik. Tashkiliy-texnologik tizimda texnologik
aloqalar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq. Texnologik aloqa
kishilam ing necha yildan buyon ishlayotganiga, xulq -atv o r
psixologiyasiga, malakasiga bog'liq. Ziddiyatning kelib chiqishiga sabab
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘luvchi omillardan biri — bu bitta xodimga bir necha boshliqlarning
ko'rsatma berishlaridir. Oqibatda xodim kimning ko'rsatmasini bajarishni
bilmay qoladi. Opponentlar bu yerda rahbarlardir. Jamoada xodimlar
qanchalik kam bo'lsa rahbar ular bilan nizoga bormay ishlay oladi.
Jamoa a’zolari ko'p bo'lsa, rahbar faqat sharoitni yaratish bilan bog'liq
vazifalamigina bajaradi. Chunki xodimlar bilan bevosita muloqotda
bo'lish imkoniyati bo'lmaydi.
Rahbar qo'l ostidagi o'rinbosarlar qanchalik ko'p bo'lsa, ularning
har biri boshliqning ko'ziga kamroq ko'rinishga harakat qiladilar.
Chunki rahbar ularni xaotik (tartibsiz) boshqaradi. Ayrim rahbarlar
barcha ishni, hatto boshqaruvni ham o'rinbosarlariga topshirib qo'yadi.
O'zi mas’uliyatdan qochib yuradi. Lekin bunday usulda ish olib borilsa
ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo'luvchi manbalardan biri —
boshqaruvda vazifalaming to'g'ri, aniq taqsimlanmaganligidir.
Quyidagi chizmadan boshqaruvdagi sansalorchilikni
kuzatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |