Referat ishi qabullovchi: dots. Xodjaeva G


A TMOSFERADAGI ISSIQLIK



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana29.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#78276
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
atmosfera harakatlari va ularning turlari

A

TMOSFERADAGI ISSIQLIK

 

Troposferaning issiqlik rejimi ham Quyosh radiatsiyasi ta`sirida, ham issiqlik 

bilan sovuqlikni bir joydan ikkinchi joyga yuruvchi havo massalari harkati ta`sirida 

tarkib  topadi.  İkkinchi  tomondan,  havo  harakatining  o’zi  ekvatorial  va  qutbiy 

kengliklar  hamda  materik  va  okeanlar  oralig`idagi  harorat  gradienti  natijasida 



 

22 


vujudga  keladi.  Troposferaning  termobarik  maydonlari  ana  shunday  vujudga 

keladi.  Ularning  har  ikki  elementi-havoning  harorati  bilan  bosimi  (va  harakati) 

o’zaro  shunchalik  bog`langanki,  ularni  birgalikda  ko’rib  chiqish  lozim  edi,  lekin 

ular o’quv maqsadidagina ular birin ketin o’rganiladi. 

Tuproqning isishi va sovishi. Geografik qobiqning issiqlik rejimi, birinchidan, 

quruqlik  va  suv  havzalarining  quyosh  issiqligini  o’zlashtirib  olishi,  ikkinchidan, 

uni atmosfera va gidrosfera vositasida qayta taqsimlanishi natijasida tarkib topadi. 

Bularning  har  ikkichi  ham  tuproqlar,  tog`  jinslari,  qor,  muz  va  suvning  fizik 

xususiyatlariga bog`liqdir. 

Tuproq va suvning quyosh radiatsiyasini qabul qiluvchi ustki qatlamlari isiydi 

hamda  issiqlikni  yuqoriga-atmosferaga,  pastga-grunt  hamda  suv  havzalarining 

chuqur qismlariga o’tkazadi. 

Tuproqningharorati  katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  Tuproq  issiqligi  namlik 

bilan  bir  qatorda  o’simlik  o’sishi  uchun  eng  muhim  shartdir.  Organik 

moddalarning parchalanishi, mikroorganizmlar hayot faoliyati, tuproq hosil bo’lish 

jarayoni tuproq issiqligi bilan bog`liq. Tuproq, grunt va havo o’rtasida haroratning 

keskin o’zgarishinamning harakatiga saba bo’ladi va tuproq namligida aks etadi.  

Tuproq  yuza  qismining  harorati  kun  davomida  aniq  o’zgarib  turadi:  Quyosh 

chiqqandan  boshlab  ko’tarila  borib,  soat  13  ga  yaqin  eng  yuqori  darajaga  etadi, 

shundan  keyin  asta-sekin  pasaya  borib,  tong  otishi  oldidan  eng  past  darajaga 

tushadi.  Tuproq  haroratining  sutkalik  o’zgarishi  ob-havoga-bulutlilikka, 

yog`ingarchilikka, sovuq  yoki  liq  havoning  kirib  kelishiga qarab  biroz  boshqacha 

bo’lishi  muikin.  Bulutsiz,  havo  ochiq  kunlarda  tuproqning  kunduzgi  isishi  ham 

kechki  sovishi  ham  keskin,  amplitudasi    katta  bo’ladi.  Havo  bulut  kunlari  havo 

harorati  kun  davomidakeskin  o’zgarmaydi.  Tuproq  yuza  qismini  kunduzgi 

maksimal va tungi minimal harorati havoning shunday haroratidan yuqori bo’ladi: 

cho’llardagi qumlarda 76°S, Antarktida muzlarida -90°S li harorat kuzatilgan. 

Tuproq haroratining kunlik o’zgarishi chuqurga tushgan sari kamaya boradi. 

70-100  sm  chuqurlikda,  torfzorlarda  20-25  sm  chuqurlikda  kun  davomida  birday 

turadi.  Haroratning  yillik  o’zgarishi  esa  o’rtacha  kengliklarda,  yuqorida  aytib 




 

23 


o’tganimizdek, 15-20 metr chuqurlikkacha kuzatiladi. Tuproq yoki gruntning isishi 

isishi  va  sovishi,  binobarin,  yer  yuzasidagi  haroratning  kunlik  amplitudasi    bir 

qancha  omillarga  va,  dastavval,  tuproq  yuzasining  rangiga,  uning  al`bedosiga 

bog`liq,  oqish  qum  qora  tuproqqa  qaraganda  kamroq  isiydi.  İssiqlik  sig`imi  ham 

katta  ahamiyatga  ega.  Torfli  yerlar  zich  tuproq  yoki  gruntga  qaraganda  kamroq 

isib, kamroq soviydi. İssiqlikni yaxshi o’tkazadigan, ya`ni zich strukturasiz, gilli, 

skelet  tuproqlar,  xususan,  tosh  jinslar  issiqlikni  chuqur  qismlariga  tez  o’tkazadi, 

shu  sababli  ularning  yuza  qismlari  unchalik  isimaydi.  Yaxshi  ishlangan, 

yumshatilgan tuproqlar issiqlikni kam o’tkazadi va shu sabali ular qattiq qiziydi va 

kunlik  amplitudasi    katta  bo’ladi.  Nam  tuproqlada  xuddi  shu  xil  quruq 

tuproqlardagiga  qaraganda  issiqlikning  ancha  qismi  suvni  bug`latishga  sarf 

`o’lganidan kunduzi harorat past bo’ladi. 

Tuproqning  isishi  yonbag`irlar  ekspozitsiyasiga  ham  juda  bog`liqdir.  Bu  hol 

tog`lardagina  emas,  tekisliklarda  ham  kuzatiladi,  chunki  tekisliklar  hech  qachon 

tep-tekis  bo’lmaydi.  Odatda  shimolga  qaragan  yonbag`ir  sovuq  va  nam,  sharqqa 

qaragan  yonbag`ir  salqin  va  nam,  janubga  qaragan  yonbag`ir  issiq  hamda  quruq, 

g`arbga  qaragan  yonbag`ir  esa  iliq  va  quruq  bo’ladi.  Janubi-g`arbga  qaragan 

yonbag`ir  eng  issiq  va  quruqdir.  Yonbag`irlarning  isishidagi  farq  ularning  tikligi 

darajasiga qarab o’zgaradi. 

Tuproq  haroratiga  o’simliklar  ham  ta`sir  ko’rsatadi.  Yilning  iliq  davrida 

o’simlik  radiatsiyani  tutib  qoladi  va  o’simlik  soyasidagi  tuproq  yaxshi  isimaydi. 

Masalan,  qalin  o’t  qoplami  tuproqqa  o’tkazib  yuboradigan  radiatsiya  20%  dan 

oshmaydi.  Bundan  tashqari  barg  yuzasidan  ham  suv  bug`lanadi.  bunga  ham 

issiqlikning  ancha  qismi  sarf  bo’ladi.  Yilning  sovuq  faslida  o’simlik  yerning 

issiqlik  tarqatishini  kamaytiradi  va  tuproq  unchalik  sovib  ketmaydi.  O’simlik 

qanchalik  qalin  bo’lsa,  u  tuproq  haroratiga  shunchalik  ko’p  ta`sir  etadi. 

O’simliklarning  havo  va  tuproq  haroratiga  ta`siri  o’rmonlarda  ayniqsa  katta 

bo’ladi. 

Ekinlar  uchun  tuproqning  ustki  5  sm  cha  qalinlikdagi  qatlami  ayniqsa  katta 

ahamiyatga egadir. Bu qatlamda o’simliklar urug`i unib chiqadi, o’tlar ildiz yozadi, 




 

24 


o’simliklarning qishki toblanish bosqichi o’tadi. Shu bilan birga bu qatlamda eng 

ko’p o’zgarish bo’ladi, unda harorat va namlik keskin o’zgarib turadi. Qish vaqtida 

bu  qatlam  issiqlikni  yaxshi  saqlaydi,  natijada  tuproq  qattiq  sovib  ketmaydi.  biroq 

qor  qoplami  yupqa  bo’lsa,  bu  qatlam  issiqlikni  tutib  qola  olmay,  o’simliklarni 

sovuq urib ketishi mumkin. 

Tuproq  haroratining  yillik  va  fasliy  amplitudasi    zonal  ravishda  o’zgaradi. 

Quyosh  radiatsiyasi  doim  intensiv  bo’lgan  ekvatorial  mintaqada  harorat  hamma 

vaqt  yuqori  bo’ladi,  havoning  namligi  va  o’simlik  qoplamining  qalinligi  sababli 

harorat keskin o’zgarmaydi. Tropik mintaqada harorat amplitudasi  ortadi. 

Eng  katta  fasliy  o’zgarish  o’rtacha  geografik  kengliklarga,  ayniqsa 

materiklarning  dengizdan  uzoq  ichki  qismlariga  xosdir.  Bu  mintaqalardagi  ba`zi 

joylarda  tuproq  deyarli  tropiklardagicha  qizisa,  qishda  harorat  shu  darajada 

pasayadiki,  tuproq  muzlab  qoladi,  tuproq  issiqligining  saqlanishida,  binobarin, 

gruntlarning muzlab qolishining kamayishida qor qoplami katta ahamiyatga egadir. 

Qorning  issiqlik  saqlash  xossasi  uning  qalinligi  va  zichligiga  bog`liq.  Doimiy 

muzloq yerlar keng tarqalgan qutbiy o’lkalarda tuproq harorati hatto yoz oylarida 

ham 0°S dan salgina ko’tariladi, xolos. 

Suv  havzalarining  ilishi  va  sovishi.  Suv  havzalari  quruqlikka  nisbatan 

sekinroq  ilib,  sekinroq  soviydi.  bir  xil  vaqt  davomida,  ya`ni.  kecha-kunduz 

davomida  suv  qavzalari  ustidagi  harorat  tuproqdagidek  sovib  ham  ketmaydi,  isib 

ham  ketmaydi.  Suv  havzalari  ustidagi  havo  kunduzi  shu  yaqindagi  quruqlikka 

qaraganda  salqin,  kechasi  iliq  bo’ladi.  Bunga  quyidagilar  sababdir.  Suvning 

issiqlik  sig`imi  tuproqnikiga  nisbatan  ikki  baravar  katta.  İssiqlik  miqdori  bir  xil 

bo’lganda quruqlik suvga  nisbatan ikki barabar kuchli isiydi, soviganda aksincha 

bo’ladi.  İssiqlik  sig`imi  0,926  kal/g  va  solishtirma  og`irligi  1,028  bo’lgan  1  m

3

 



dengiz  suvi  1°S  ga  soviganda  ajralib  chiqqan  energiya  3000  m

3

  havoni  1°S  ga 



isitadi  (havoning  issiqlik  sig`imi  0,237  kal/g,  solishtirma  og`irligi  0,001).  İssiqlik 

quruqlikning  faqat  yuqori  qatlamida  to’planadi  va  ozgina  qismigina  chuqurga 

o’tadi.  Suvda  esa  nur  ancha  chuqurga  kirib  borib,  ancha  qalin  qatlamni  isitadi. 

Suvning  vertikal  harakatlari-to’lqinlar,  suv  ko’tarilishi  va  qaytishi,  termik 




 

25 


konvektsiya  natijasida  issiqlik  yana  ham  chuqurga  o’tadi.  Suv  harakatchan 

bo’lganligidan  issiqlikni  o’zida  uzoq  vaqt  saqlab  turadi.  Quruqlik  esa  issiqlikni 

atmosferaga tez qaytaradi. 

Suv  havzalarida  juda  ko’p  issiqlik-tropiklarda  yiliga  100  kkal/sm

2

  gacha, 



Gol`fstrim  va  Kurosio  oqimlarida  140  kkal/sm

2

  gacha  issiqlik  suvni  bug`latishga 



sarf bo’ladi. 

Haroratning  kunlik  va  yillik  o’zgarishi  okeanlar  yuzasida  materiklardagiga 

qaraganda  ancha  kam  bo’ladi.  Suv  havzalari  kunduz  kunlari  va  issiq  faslda 

issiqlikni o’zida to’playdi, kechalari hamda sovuq faslda uni atmosferaga tarqatib 

turadi.  Masalan,  Baltika  dengizi  oktyabrdan  martgacha  havoga  52  kkal/sm

2

 



miqdorda issiqlik tarqatadi. 

Havoning  isishi  va  sovishi.    Havo  quruqlik  va  suv  havzalari  yuzasidan  isib 

boradi.  Pastki  uch  kilometr  qalinlikdagi  havoning  Quyosh  nurlarini  bevosita 

yutishidan isishi soatiga 0,1°S dan oshmaydi. Havo issiqni yomon o’tkazadi. U yer 

yuzasiga  bevosita  tegib  turadigan  pastki  juda  yupqa  qatlamdagina  isiydi.  İssiqlik 

yuqoriga  havoning  aoosan  turbulent  harakati  bilan o’tadi.  İsigan  tuproq  yoki  suv 

yuzasiga  turbulent  harakat  tufayli  yangi-yangi  havo  massasi  kelib  isiydi  va 

yuqoriga  ko’tariladi.  İssiqlik  ana  shu  yo’l  bilan  tuproqdan  havoga  va  havoning 

quyi  qatlamidan  yuqori  qatlamiga  tez  o’tib  boradi.  Havo  soviganda  ham  xuddi 

shunday jarayon ro’y beradi. Troposferada konvektsion oqimlar vujudga keladi. 

Havodagi issiqlikning manbai yer yuzasi bo’lganligidan yuqoriga ko’tarilgan 

sari  havo  harorati  pasayadi,  amplitudasi    kichrayadi,  haroratning  kunlik 

o’zgarishidagi  maksimum  va  minimumlar,  tuproqdagidan  kechroq  bo’ladi.  Havo 

harorati o’lchanadigan balandlik hamma mamlakatlarda bir xil-2 m qabul qilingan. 

Maxsus maqsadlar uchun temperatura boshqa balandliklarda ham o’lchanadi. 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish