Bog'liq 13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D
“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT, STRATEGIES” 130 Hozirgi kunda yurtimizda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanish kirib
bormagan va foydalanilmayotgan sohalar qolmadi hisobi. Ayniqsa soʻngi yillarda “Raqamli
Oʻzbekiston – 2030” dasturi doirasida yurtimizdagi har bir soha bosqichma-bosqich toʻla
elektron hamda raqamli tizimda faoliyat yuritishga oʻtmoqda. Misol sifatidan olib qaraydigan
boʻlsak ta’lim tizimida maxsus “Hemis”, “Moodle”, “kundalik.com”, e-maktab elektron
platformalari, oliy va oʻrta maxsus ta’lim dargohlariga qabul qilishda toʻla elektron tizimlarda
olib borilayonligi, davlat boshqaruvi tizimlarida hukumat qarorlarining elektron tarzda ochiqlik
tamoyili asosida “e-qaror” elektron tizimi, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”
kabi elektron platformalar, davlat xizmatlarining barchasini turli tashkilotlarda sarsongarchilikda
yurmasdan bir joydan va asosiysi ortiqcha hujjatlarsiz koʻrsatilishini ta’minlovchi “Davlat
xizmatlari markazlari” yoki “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan
foydalanilayotganligi va hokazo qator elektron tizimlarini koʻrish mumkin.
Yurtimizda “Inson resurslarini boshqarish” sohasida bir qator raqamlashtirish islohotlari
amalga oshirilib bu boradagi ishlar jadallashtirilmoqda. Mazkur jarayonlarga misol qilib
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
tomonidan soʻngi yillarda amalga oshirib kelinayotgan loyihalar, davlat boshqaruvi sohasida
iqtidorli kadrlarlarni saralab olish, salohiyatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning
malakasini oshirish borasidagi innovatsion yechimlarini olish mumkin. Kichik tahlillar
natijasidan shunday xulosaga keldim, ya’ni “Inson resurslarini boshqarish” sohasida
innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanish bosqichlari quyidagicha boʻlib chiqdim:
1-bosqich – bunda inson resurslarining shakllanish jarayonlarini optimallashtirish hamda
bunda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanish. Maktab, oliy va oʻrta maxsus
ta’limi tizimlarida toʻliq ektron va raqamli texnalogiyalarni qoʻllash. Bunda asosiysi ta’lim
sifatiga e’tibor berish pirovard maqsad yetuk malaka va bilimga ega salohiyatli kadrlarni
tayyorlashga qaratilishi lozim.
2-bosqich – Mavjud hamda foydalanilayotgan resurslar faoliyatini optimallashtirish hamda
bunda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanish.
3-bosqich – Mavjud hamda foydalanilayotgan resurslarni qayta tayyorlash, malakasini
oshirish, oʻz faoliyatidagi ilmiy-amaliy yangiliklardan boxabar qilib borish va ularni tezda
egallashlariga shart-sharoitlar yaratish.
Mazkur bosqichlar oʻz navbatida inson resurslarini boshqarishda innovatsiyalar va raqamli
texnologiyalardan foydalanish yoʻnalishlarini ham belgilab beradi.
Yurtimizda rivojlanish va amaliyotga joriy etilayotgan raqamli innovatsion tizimlar hamda
ularning samarasi kundan-kunga ortib borayotganini e’tirof etmaslikni imkoni yoʻq, biroq inson
resurslarini boshqarish sohasida raqamlashtirish va innovatsiyalardan samarali foydalanish
yoʻnalishida muammolar bisyordir. Ushbu muammolarga misol sifatida yurtimizdagi yagona
mehnat
reestrining
toʻlaqonli
faoliyat
yuritmayotligini
koʻrsatish
mumkin.
Bunda
https://my.mehnat.uz sayti orqali ishlanadigan yagona milliy mehnat tizimi orqali xususiy
tadbirkorlar hamda o‘z-o‘zini band qilgan shaxslarning ma’lumotlari aks etmaydi. Shuningdek
xodimning ish joylari ham to‘liq va o‘z vaqtida aks etmaydi. Bu esa o‘z navbatida kelgusida
pensiya hisoblanayotganda elektron mehnat daftarchasi orqali ko‘pgina noaniqliklar sabab
noto‘g‘ri hisoblanishlarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Yana bir muammo viloyat, tuman,
shahar hokimliklari, tuman shahar tashkilot va idoralari xodimlari uchun o‘zaro hujjat
almashinuvchi har tomonlama qulay tizim mavjud emas. Buning o‘rniga muqobil variant
hisoblangan telegramm messengeridan foydalaniladi. Tog‘ri bu bir muncha qulay lekin bu ish
vaqtida xodimning keragidan ortiq chalg‘ishiga hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajara
olmasligiga sabab bo‘lmoqda, shu bilan bir qatorda bu messengerning ishonchliligi ham kam. Bu
muammo esa ushbu yuqoridagi tashkilot va idoralar uchun yagona hujjatlar almashinuvchi,
kasbiy muloqot qilinuvchi, korporativ vazifalar ketma-ketligi aks etgan yagona dastur ishlab
chiqilib amaliyotga tadbiq etilishi lozimligini koʻrsatadi.