ga-
G. Asosan yuridik shaxslarga ishlab - chiqarishni rivojlantirishga
178
I ll BO‘LIM. BANKLAR VA NOBANK KREDIT
TASHKILOTLARI
10 - bob. BANKLARNING VUJUDGA KELISHI
VA RIVOJLANISHI
10.1. Banklaming vujudga kelishi va mohiyati
Banklaming vujudga kelishi tovar - pul munosabatlarining asosiy
elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir
davrga to‘g ‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklaming
vujudga kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi
olimlar banklami feodalizm davrida vujudga kelganligini ta’kidlashsa,
ulaming ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga
xos
bo‘lgan
operatsiyalar miloddan ilgarigi
davrlarda paydo
bolganligini qayd etadilar.
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik - kichik do‘konlarda
mahalliy pullami xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi toiov
evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari
va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug'ullangan.
Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablagiami tegishli shartlar
asosida jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji boigan shaxslarga
ma’lum to io v evaziga bera boshlagan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo
boigan, keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi
natijasida Yevropa mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek,
natural xo‘jalikning barham topishi, tovar - pul munosabatlarining
rivojlanishi natijasida hisob-kitoblar va kreditlaming roli shiddat bilan
ortib bordi. Bidar, o‘z navbatida, bir maromdagi hisob-kitob va pul
muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon o‘z -
o‘zidan banklaming tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
179
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona
(butxona)larda
tashkil
topganligi
ta’kidlanadi59.
Ibodatxonalar
hukumatning va diniy tashkilotlaming zaxira fondlari sifatida xizmat
qilgan. Ularda oziq - ovqat zaxiralari va boshqa qimmatbaho buyumlar
saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar toiov vositalarini bajaradigan
oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallami saqlash bilan birga, pul
muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita ishtirok etishgan.
Bunga 2011-yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan birida yirik
miqdorda oltin va boshqa boyliklar topilganligini misol sifatida keltirish
mumkin. Topilma juda katta miqdorga teng boiib, qachon va kim
tomonidan qo‘yilganligi m aium emas.
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va
ulami barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlaming
asrlar davomida ibodatxonalarda xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori
darajada ishonchning shakllanganligi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida,
boshqalarda ham ibodatxonalarda pul mablagiami saqlashga boigan
ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana qadimiy Sharqda vujudga
kelgan boisa, keyinchalik qadimgi Gretsiya va Rim hamda Yevropaga
tarqalgan.
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar,
savdogarlar va boshqa zodagonlar ibodatxonalaming (Delfiy, Deloss,
Samoss, Efess kabi ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablagiarini
saqlash va tegishli operatsiyalami amalga oshirishga ishonch bildirib,
ularga pul mablagiari va qimmatbaho metallami saqlash, shuningdek,
ulaming topshiriqlariga binoan hisob-kitoblami amalga oshirishga ruxsat
bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat taqsimoti va iqtisodiy
munosabatlaming rivojlanishi, o‘zaro moliyaviy ayirboshlash hajmining
ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan shug‘ullangan
shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi.
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalaming
kichik - kichik moliyaviy vositachilik do‘konlariga aylanib borishi
natijasida,
shuningdek,
pul
muomalasini
tartibga
solishda
muammolaming vujudga kelayotganligi sababli metall tangalami
muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini davlat
o‘z qoiiga ola boshladi.
Деньга, кредит, банки: уче€ннк/кол. авт.: под ред.засл.деяг. науки РФ, д.э.н. проф. О.й-Лавшурина. - 5 - е изд.,
стер. -М.: КНОРУС, 2007. -С.319 - 324.
180
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy
muassasalaming dastlabki ko‘rimshlari XVI asrda Angliyada vujudga
kelgan. E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan
turli zebu - ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan
shug‘ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. Shuningdek, Florensiya
va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik
banklar Amsterdam, Gamburg, Milan, Nyurenberg kabi yirik
shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik
savdogarlaming oltin tangalarini saqlash va ulaming toiov hisob-
kitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o‘xshagan
bank birinchi marta Stokgolmda 1650-yilda, keyinchalik 1694-yilda
Angliyada tashkil topgan boiib, bu bank pul emissiyasini amalga
oshirish, mamlakatda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish kabi
ishlami bajargan.
Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslaming hisob-
kitoblarini bearish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul
mablagiarini jalb qilish asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini
jamg‘aradilar, ushbu mablag‘ kredit sifatida iqtisodiyotning turli
bo‘g ‘inlariga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, kapitalistik jamiyatda «bank»
deb
yuritiladigan
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug‘ullanuvchi
«korxona»lar tashkil topdi.
Banklaming mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar
mavjud. «Bank» etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bolsak, «bank»
so‘zi qadimgi fransuzcha «banque» va italiyancha «bansa» so‘zlandan
paydo bo‘lib,
«almashtirish stoli» ma’nosini anglatishining guvohi
bolamiz.
Bank -
bu moliyaviy muassasa boiib, jamiyatdagi vaqtinchalik
bo‘sh pul mablagiarini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu
mablaglarga ehtiyoji mavjud boigan yuridik va jismoniy shaxslarga
qaytarishlik, muddatlilik, tolovlilik va ta’minlanganlik asosida
beradigan tijorat tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank - tadbirkorlik faoliyatining o‘zigaxos
turi boiib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ulami jalb
qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bogliqdir, degan fikr ilgari
suriladi60.
60
Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жухов, Л.М.Махсимова, О.М.Макарсжа и др.; Под ред.
проф Е.Ф.Жукова. -М.: Банки и биржи, ЮНИТИ 1997. -С. б.
181
Bankir ssuda kapitalistidan farqli oiaroq, turli ko‘rinishdagi
xizmatlami taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda
kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z kapitali hisobidan moliyalashtirsa,
bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslaming
mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim
metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ulaming ayrimlari
quyida keltiriladi:
- banklaming mohiyatini yoritishda ulaming mikrodarajadagi
faoliyatiga e’tibor qaratish lozim;
- banklaming mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va
maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida
faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim;
- banklaming mohiyatini ajralmas qismi sifatida ulaming tashkil
topish asoslari, ya’ni tashkiliy - huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb
etadi;
- banklaming mohiyati - bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan
obyektning tarkibini anglatadi;
- banklaming mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan boiib,
muammoni o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor
qaratilayotganligi muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, banklaming vujudga kelishi va ulaming
mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab
shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda Buning asosiy sababi
jamiyatda
iqtisodiy
munosabatlaming
takomillashuvi,
mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi hajmining
ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qayerda savdo va
zargarlik ishlari rivojlangan boisa, shuningdek, ishonch yuqori boigan
joylarda dastlabki banklar paydo boigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |