A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

9.3.1. Davlat krediti
Davlat krediti.
Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni 
berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko‘pchilik
48 Деньги, кредит, банки: Учеб. - 2 - е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванов а, Б.И. Соколова. -М.: ТК Велби, 
изд - в о Проспект, 2008. ~С. 517.
49
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов. Под. ред. проф. Щегорцова В. А -М. ЮНИТИ - ДАНА, 2005. -С. 182.
50 Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят науки РФ, д.э.н. проф. О.ИЛаврупшна. - 5 - е изд., 
стер. -М.: КНОРУС, 2007 -Сс. 263 - 265.
51 Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. -Т.: «Иктисод - Молия», 2007,182-192 - 66.
166


hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga 
kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning subyektlari sifatida 
davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari 
maydonga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar 
ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda 
ko‘pchilik hollarda 
davlat budjeti taqchilligini qoplash yoki yirik 
investitsion loyihalami amalga oshirish maqsadida o‘z nomidan 
qimmatli qog‘ozlami muomalaga chiqaradi. Davlat budjetining 
taqchilligini 
qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda 
yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat 
budjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo‘lib. 
Ularning asosiylari sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
• amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish;
• muomalaga qo‘shimcha pullami (xazina biletlarini) emissiya 
qilish;
• Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish;
• Xalqaro kredit va moliyaviy yordam so‘rash;
• Davlatning qimmatli - qog'ozlarini muomalaga chiqarish.
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq
stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish 
hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug‘iladi. 
Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush 
farovonligini ta’minlashda salbiy holatiar yuz beradi.
Muomalaga qo‘shimcha pullami chiqarish hisobiga davlat budjeti 
taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o‘rtasidagi 
muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko4rsatadi. Ya’ni, pul massasi 
tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday xolatda milliy valutaning 
sotib olish qobiliyati pasayadi va inflatsiya darajasining ortishiga sabab 
boiadi.
Markaziy bankning krediti davlat budjeti taqchilligini qoplashning 
boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin 
Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga 
berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.
167


Davlat budjeti taqchilligini qoplashda xalqaro kredit va xorijiy 
mamlakatlaming moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy 
natijalami bermaydi. 
Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi 
mamlakatga qator shartlami qo‘yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish 
orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o‘tkazish holatlari 
ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat budjetining 
taqchilligini qoplashning eng qulay usuli davlatning qimmatli 
qog‘ozlami yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi 
hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, davlat krediti 
faqatgina budjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni 
tiklash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so‘ng), mamlakatda 
ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyatga ega boigan qurilish ishlarini bajarish 
yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq 
muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish