Hujayraga kirgan virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi. Hujayraning
Natijada, ona DNK ning har ikkala zanjirchasiga mos, yangi DNK zanjirchalarini
sintezlaydi.
Bir zanjirchali virus DNK sining replikatsiyasida ham, asosan xuddi shunga
o`xshash jarayon sodir bo`ladi. Ammo bir zanjirchali ona DNK da DNK ning
replikatsiyasi uchun zarur bo`lgan ikki zanjirchali replikativ forma sitezlanadi. U
replikativ formada zarur oqsillarning informatsion RNK si sintezlanadi. Bu RNK
lar o`z navbatida hujayra ribosomalardagi oqsilni sitezida qatnashadi. Hosil
bo`lgan
oqsillar
(fermentlar)
yordamida
replikativ
forma
onaligida
dezoksiribonukleozitrifosfatlar-dan yangi bir zarrachali
virus DNK si vujudga
keladi.
Bir zanjirchali RNK replikatsiyasida esa, bir tomondan virus RNK si
informatsion RNK vazifasini bajarib, ribosomada oqsil sintezida ishtirok etsa,
ikkinchi tomondan, undan ham ikkinchi shu ona zanjirchaga mos zanjircha
hosil
bo`ladi, uni RNK ning replikativ formasi deyiladi. Bu replikativ formaning, hosil
bo`lgan ikkinchi zanjirchasi onaligida yangi va
unga mos virus RNK siga har
tomonlama o`xshash, virus RNK lari sintezlanadi.
Ribosomalarda sintezlangan ferment (RNK replikaza) vositasida, hujayradan
ribonukleozidtrifosfatlardan (ATF, GTF, STF, va UTF) RNK hosil bo`ladi.
Ikki zarrachali virus RNK sining sintezi ham ikki zarrachali virus DNK sining
sintezi kabi amalga oshiriladi.
Nuklein kislota hosil bo`lishi jarayonini kuzatib, aniqlandiki, har bir
sintezlanishda uch muhim faktor:
nusxa ko`chiriladigan ona zanjircha matritsa:
yangi
zanjirlar
tuzilishida
qurilish
materiali
sifatida
ishlatiluvchi
dezoksiribonukleozitrifosfatlar-substrat:
dezoksiribonukleozitrifosfatlarni bir-biriga matritsaga moslab beruvchi fermentlar
bo`lishi shart:
Sintezlanish juda murakkab jarayon bo`lib, yuqorida aytib o`tilgan har bir
faktorlarning yaratilishi bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Masalan, T-2
bakteriofagi ikki zanjirchali DNK sining sintezida
ishtirok etuvchi substrat-
dezoksi-5 oksi metiltsitidinmonofosfatni (d-OMTsMF) virus bilan kasallanmagan
hujayrada uchraydi. Ammo hujayra virus bilan kasallanishi bilanoq unda d-TsMF
dan d-OMTsMF ni hosil qilishda qatnashuvchi ferment-oksmetilaza paydo
bo`ladi, ya'ni bu ferment virus DNK sinteziga zarur d-OMTsTF ni d-TsTF dan
tayyorlab beradi.
Haqiqatdan
ham
virus DNK sostavi tekshirilsa, unda hujayrada
uchramaydigan yangi d-OMTsMF ni uchratish mumkin. Xuddi shuningdek boshqa
subtratlar ham virus DNK sintezida ishtirok etishdan avval, har xil o`zgarishlarga
uchraydi. Shu xil subtratlarni hosil qilish uchun esa hujayrada virusga xos bo`lgan
yangi fermentlar kerak bo`ladi.
Bu fermentlar virus DNK sidagi informatsiyaga
asosan yaratiladi va ular virus DNK si sintezida ishtirok etadigan substratlar hosil
qiluvchi fermentlar deb ataladi.
Bulardan tashqari, DNK sintezida bevosita ishtirok etuvchi DNK-polimeraza,
polinukleotidligaza hamda endonukleaza kabi fermentlar ham
mavjud. Ularning
vazifasi substratlarni bir zanjirga ulash (DNK-polimeraza) etishmagan bog`larni
ulash (endonukleaza) dan iborat bo`lib, ular virus DNK sintezi fermentlari deb
ataladi.
Virus DNK si sintezi uchun substrat hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar,
struktura oqsillari hujayra oqsillari kabi ribosomalarda sintezlanadi. Hujayradagi
transport RNK lar ulardagi aminokislotalarni virus informatsion RNK sidagi (RNK
tutuvchi viruslarda i-RNK vazifasini bir zanjirli virus RNK sining o`zi bajaradi)
shifrga asosan, bir zanjirga ulab, oqsil molekulasini shakllantiradi.
Hujayraning turli qismlarida bir vaqtda hosil bo`lgan nuklein kislota va
oqsillarning "o`z-o`zidan" (somosborka) qo`shilishi natijasida virus zarrachalari
etiladi. "O`z-o`zidan" qo`shilish virus oqsiliga xos xususiyatdir.
Agar virusning
toza preparatidan ajratib olingan oqsil muayyan bir sharolitda probirkada tutilsa,
ma'lum vaqtdan so`ng bu oqsillar virusga o`xshash (ammo nuklein kislotasiz)
tayoqchasimon forma hosil qiladi. Ammo ularning uzunligi har xil bo`ladi. Chunki
bu zarrachalar uzunligini boshqarib turuvchi faktor-virus lukleotin kislotasining
o`zidir. Virus orqali nuklein kislotasini toza holda ajratib olib, ularni qayta
qo`shilsa, uzunligi virus uzunligiga teng, kasallantirish qobiliyatiga ega virus
zarrachalarini hosil qilish mumkin. Demak, virus formasini hosil qilish xususiyati
oqsilga kasallantirish va uzunligini boshqarish esa nuklein kislotaga xos
xususiyatlardir. Hozirgi vaqtda bir virus oqsilini olib, uni boshqa virusning nuklein
kislotasiga qo`shish orqali "gibrid" virus zarrachalari olinmoqda. Masalan, arpada
chiporlanish kasalligi virusi RNK siga qo`shilsa, sharsimon "gibrid"
virus hosil
bo`ladi: "gibrid" virus bilan o`simlik kasallantirilsa, tayoqchasimon tamaki
chiporlanish kasalligivirusi zarrachalari paydo bo`ladi. Chunki "gibrid" virusidagi
RNK tamaki chiporlanish kasalligi virusidan ajratib olingan. Bu esa, o`z navbatida,
irsiyatni belgilaydigan asosiy faktor nuklein kislota ekanligini tasdiqlaydi. Demak,
yuqorida aytilgan usulda hosil bo`lgan virus zarrachalari hujayraning yorilishi
natijasida yoki hujayrani jarohatlamasdan undan chiqishi mumkin. O`simlikda har
bir hujayrada to`plangan virus (yoki nuklein kislota) ikkinchisiga plazmodesmalar
orqali o`tishi mumkin.
Shunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo`lib, boshqa organizmlardan
shakli, xususiyatlarining turli-tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli
kasallik alomatlarini namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil nuklein
kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U o`zida
modda va tirik organizm
xususiyatlarini nomoyon etadigan va faqat tirik to`qimadagina ko`payadigan hayot
formasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: