«elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» k a f e d r a s I


 Sanoat korxonalari elektr energiya iste’molchilarini guruxlash.Toki bo‘yicha



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#783903
1   2   3   4
Bog'liq
resources-2

1.2. Sanoat korxonalari elektr energiya iste’molchilarini guruxlash.Toki bo‘yicha,
kuchlanishi bo‘yicha, chastotasi bo‘yicha iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi 
bo‘yicha guruxlanishi, ish rejimlari bo‘yicha guruxlash. 
Sanoat korxonalari elektr energiyasining 70% gacha iste‟mol qilib, asosiy elektr energiya 
iste‟molchilari xisoblanadi. Agar energotizimda, shaxar va qishloq elektr tarmoqlarida faqat 3 
fazali 50 Gs chastotali o„zgaruvchan tok ishlatilsa, sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti 
tizimsida elektr energiyasi bir fazali yoki uch fazali, turli chastotali va kuchlanishli 
o„zgaruvchan tok ko„rinishida, o„zgartiruvchi podstansiyalardan olinadigan o„zgarmas tok 
ko„rinishida ishlatiladi. Elektr ta‟minoti masalalari xar qanday korxona uchun mu‟xim 
xisoblanadi. 
Ushbu kursda elektr ta‟minoti to„g„risida dastlabki tushunchalar, elektr ta‟minoti 
tizimining asosiy parametrlari va elementlarini tanlash, elektr ta‟minoti ishonchliligi, elektr 
energiyasining sifati, kuchlanishni rostlash, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish masalalari 
ko„rib chiqiladi.
“ Elektr ta‟minoti asoslari ” kursini o„rganish talabalarni “Stansiya va podstansiyalarning 
elektr qismlari”, “Rele ximoyasi va avtomatika”, “Avtomatik boshqarish nazariyasi”, “Elektr 
mexanik tizimlarni apparatlari, elementlari va o„zgartgich texnikasi” fanlaridan olgan 
bilimlariga asoslanadi.
Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti taraqqiyoti to„g„risidagi qisqacha tarixiy 
ma‟lumotlarni ko„rib chiqamiz. Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti tarixi M.O.Dolivo-
Dobrovolpskiy (1862-1919) tomonidan o„zgaruvchan tokning uch fazali uzatish tizimini, uch 
fazali transformatorni yaratganidan boshlandi deyish mumkin. Bu soxaning muxim masalalari 
bo„lgan sanoat podstansiyalarini yuklamalar markaziga yaqinlashtirish, elektr yuklamalarini 
xisoblash, elektr ta‟minoti uzluksizligini ta‟minlash, reaktiv quvvatni o„rnini qoplash va 
kuchlanishni 
rostlash 
va 
boshqalar 
50-60 
yillarda 
A.S.Liberman, 
G.M.Kayalov, 
S.D.Volobrinskiy, 
I.A.Siromyatnikov, 
A.A.Fedorov, 
N.A.Melpnikov, 
L.A.Soldatnika, 
N.S.Afoninlar tominidan ishlab chiqildi. 
Xozirgi paytda zamonaviy komppyuter tizimlari yordamida elektr ta‟minoti tizimining 
barcha texnik va iqtisodiy talablarga javob beruvchi parametrlarini va asosiy elementlarini 
tanlash yo„lga qo„yilgan. Bu masalalarni muvaffaqiyatli xal etishda Moskva energetika texnika 
universitetining “Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti“ kafedrasining olimlari A.A.Fedorov, 
V.A.Venikov, S.I. Gamazin, T. V. Ancharova, B.N. Neklepaevlarning mexnatini aloxida 
ta‟kidlab o„tish kerak. 
Sanoat korxonalari elektr ta‟minoti tizimsi (ETS) kuchlanishi 1000 V gacha va undan 
yuqori bo„lgan elektr tarmoqlari xamda transformatorli va o„zgartirgichli podstansiyalarni o„z 
ichiga oladi. Uning vazifasi xalq xo„jaligi ob‟ektlaridagi elektr ishlatuvchilarni va 
iste‟molchilarni kerakli ko„rsatkichlarga ega bo„lgan elektr energiyasi bilan ta‟minlashdan 
iboratdir. Elektr ishlatuvchilari (EI) deb elektr energiyasini texnologik jarayonini yurgizish 
uchun qabul qiluvchi turli mashina va mexanizmlarning elektr dvigatellari, elektr pechlar, 
elektroliz qurilmalari, payvandlash mashinalari, yoritish tizimi va boshqalar kiradi. Elektr 
ishlatuvchilarning ma‟lum guruxiga elektr iste‟molchilari deyiladi.
Elektr ishlatuvchilar va elektr iste‟molchilari (EI va I) elektr energiyasini 
energotizimning rayon podstansiyalaridan oladi. Ba‟zi xollarda bir yoki bir necha korxona 
uchun bir vaqtda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr 
markazlari (IEM) xam qurilishi mumkin. 
ETS (elektr ta‟minot tizimi) ning ish rejimi va uning parametrlari elektr energiya
manbasi bo„lgan energotizimning xamda ishlab chiqarish jarayonining rejimlariga bog„liq. Bu 
parametrlarga kuchlanish, elektr yuklamalari, chastota va boshqa o„zgaruvchan fizik 


ko„rsatkichlarining qiymatlari kiradi. Energotizim tomonidan ETS parametrlariga quyidagilar 
ta‟sir ko„rsatadi: Energotizimda aktiv quvvat balansi va chastota og„ishi bilan bog„liq bo„lgan 
elektr manbalarining quvvatlarini o„zgarishi, reaktiv quvvat balansiga bog„liq bo„lgan 
kuchlanish me‟yori, qisqa tutashuvlar va muvozanatning buzilishi. Korxonalardagi texnologik 
jarayonlar yuklamalar rejimini aniqlaydi. 
Korxona ETS ini shartli ravishda 2 qismdan iborat deb qarash mumkin : 
1).Tashqi elektr ta‟minoti tizimi; 
2).Ichki elektr ta‟minoti tizimi. 
Tashqi elektr ta‟minotiga elektr manbasidan korxonaga o„tkazilgan ta‟minlovchi xavo va 
kabel liniyalari xamda ETS ning asosiy elementi bo„lgan bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) 
ning yuqori kuchlanishli chulg„ami tomoni kiradi. 
Ichki elektr ta‟minotiga BPP ning 6

10 kV li tarqatish qurilmasi (TQ) dan elektr
ishlatuvchi va iste‟molchilargacha bo„lgan elektr tarmoqlari kiradi. 
"Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti" fanida ichki va tashqi elektr ta‟minoti
tizimlaridagi asosiy elementlar bo„lgan transformatorli va o„zgartkichli podstansiyalarni, kabel
va xavo liniyalarini, tok o„tkazgichlarini, reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalarni, 
kuchlanishni rostlovchi qurilma va usullarni tanlash masalalari, ETS ning asosiy
parametrlari xisoblangan elektr yuklamalari, kuchlanish qiymati, ichki elektr ta‟minoti sxemasi, 
kerak bo„lgan ishonchligi darajasi va boshqa ko„rsatkichlarni aniqlash ko„rib chiqiladi. 
Elektr energiyasini iste‟mol qiluvchi qurilmasi turlari bo„yicha EI va I lar quyidagi 
guruxlarga bo„linadi : 
I. Elektrodvigatellari bo„lgan EI va I lar; 
II. Elektrotexnologik qurilmalar; 
III. Elektr yoritish tizimsi; 
EI va I larning asosiy ko„rsatkichlari quyidagilar : 
1. Tokning turi 
2. Kuchlanishi 
3. Nominal quvvati 
4. Fazalar soni 
5. Chastotasi 
6. Ish rejimi 
7. Elektr ta‟minoti ishonchliligi bo„yicha toifalari. 
9. Joylashuvi bo„yicha ish davomida ko„chib yuruvchi yoki ko„chiriluvchi EI lar xam 
mavjud (bularga kranlar, ikkinchi xol uchun metall qirquvchi stanoklar kiradi). 
Yuqoridagi ko„rsatkichlarning asosiylarini kengroq ko„rib chiqamiz. 
Elektroenergiya iste‟molchilarining asosiy ko„rsatkichlaridan biri ularning nominal 
quvvatlari xisoblanadi. Elektr yuritmalaridagi asinxron va o„zgarmas tok dvigatellari (AD va 
O„TM) uchun kVt da o„lchanuvchi aktiv nominal quvvatlari R
n
pasportlarida yoki
ma‟lumotnomalarda beriladi. Sinxron dvigatellar (SM) uchun aktiv nominal quvvati R
n
va 
nominal quvvat koeffitsienti cos

n
ishlatiladi. Metall erituvchi elektr pechlari va elektr 
payvandlash mashinalarining nominal (qo„yilgan) quvvati sifatida ularni ta‟minlovchi 
transformatorlarning kVA da o„lchanuvchi to„la quvvatlari qabul qilinadi (S
n
=S
t
). 
Qarshilik pechlari, elektroliz vannalari va yoritish asboblari uchun qo„yilgan quvvat - bu 
shu qurilmalarning tarmoqdan iste‟mol qiladigan quvvatlariga teng (R
n
=R
ist
). Takrorlanuvchi - 
qisqa muddatli ish rejimli EI larning pasportida berilgan quvvatini uzoq muddatli ish rejimiga 
keltirib, nominal quvvat sifatida qabul qilinadi. 
Sanoat korxonalarining elektr qurilmalarida asosan 3 fazali va 1 fazali o„zgaruvchan tok 
ishlatiladi. O„zgarmas tok ishlatuvchilari elektr energiyasini o„zgaruvchan tokni o„zgarmas 
tokga aylantiruvchi to„g„rilagichlardan olgani sababli, o„zgarmas tok doimo qimmatroq 
boʼladi. To„g„rilagichlar sifatida "Sinxron dvigatel - o„zgarmas tok generatori" (SM-O„TG) 
tizimini, boshqariluvchi simobli to„g„rilagichlar (BST), tiristorli to„g„rilagichlar (TT)
ishlatiladi.


O„zgarmas tokning asosiy ishlatuvchilariga umumiy tarmoqdan ta‟minlanuvchi 
ko„tarish-transport mexanizmlarining va prokat materiallar yordamchi mexanizmlarning 
standart kuchlanishli dvigatellari kiradi. Elektroliz qurilmalari nostandart kuchlanishli 
iste‟molchilarga kiradi. Elektr energiyasini tarqatish tizimida elektroliz qurilmalari, o„zgarmas 
tokda ishlovchi yoy pechlari, payvandlash mashinalari o„zgaruvchan tok iste‟molchilari
xisoblanadi. O„zgarmas tok ishlatuvchilar 5 % dan (mashinasozlikda) 85-90% gacha (alyuminiy 
elektrolizi bo„lgan rangli metallurgiyada) elektr energiyasini iste‟mol qiladilar. 
EI va I lar quyidagi standart kuchlanishlarga ega: 12 V, 36 V, 127 V, 220 V, 380 V, 660 
V, 6 kV, 10 kV, - o„zgaruvchan tokda va 220 V, 440 V, 825 V - o„zgarmas tokda. 
Tokning chastotasi bo„yicha sanoat chastotasida ishlovchi, undan ortiq va undan kam 
chastotali elektr ishlatuvchilari mavjud. Sanoat chastotasi 50 Gs ga yoki 60 Gs ga teng bo„lib, 
60 Gs ga chiqarilgan dvigatellar 50 Gs chastotali tarmoqdan ishlashi mumkin, ammo bunda 
kuchlanishni 380 V dan 460 V ga ko„tarish lozim. 50 Gs li dvigatellarni 60 Gs li tarmoqga ulab 
bo„lmaydi, bu xolda 60 Gs ni 50 Gs ga pasaytuvchi o„zgartirgich o„rnatish kerak. 50 Gs 
chastotaga chiqarilgan transformator va elektr apparatlari 60 Gs da ishlatilishi mumkin. 
50 Gs dan past chastotalar quyidagi xollarda ishlatiladi. 
1).0.5-1.5 Gs - elektr pechlarida suyuq po„latni elektromagnit usulida aralashtirish 
uchun; 
2).2-5 Gs - kontaktli payvandlash uchun; 
3).10-40 Gs - elektr dvigatellari tezligini rostlash uchun. 
50 Gs dan yuqori chastota quyidagi xollarda ishlatiladi: 
1).175-220 Gs chastotalar tezkor dvigatellar ishlatiladigan, kichik gabaritli elektr 
asboblari uchun; 
2).100-200 Gs-sun‟iy tola sanoatidagi sentrofugalarning elektr yuritmasi uchun Gs; 
3).400 Gs chastota-tezligi 20000 ayl/min bo„lgan dvigatelli yog„ochini qayta ishlovchi
stanoklarda; 
4).500-1000 Gs chastota - qaynoq shtampovkada va toblashda ishlatiladigan metallarni 
induksion qizdirish qurilmalarida. 
Yuqoridagi 4 ta xolda elektr energiyasi 10000 Gs gacha chastotada tarqatiladi. Undan 
tashqari metallar yuzasini qizdirib toblash va qayta ishlash uchun 2000 Gs dan 10
6
Gs gacha, 
sopol, plastmassa va yog„och buyumlarini 100

10
3

100

10
6
Gs gacha chastotada elektr qizdirish 
qurilmalari mavjud. Bularda individual chastota o„zgartkichlar ishlatiladi. 
EI va I ning ishlash rejimi 3 xil bo„ladi: 
1. Uzoq davom etuvchi rejim. Unda dvigatel yoki transformatorning xarorati eksponenta 
bo„yicha oshib borib, oxiri o„zgarmas bo„lib qoladi. Oshib borish vaqti yuklamaga bog„liq 
bo„lib, taxminan 3 ta qizish vaqti doimiysiga teng (t
o„tish
= 3

T
qizish
). 
2. Qisqa muddatli rejimda ish vaqti davomida tokli qismlar turg„un xaroratgacha qizib 
ulgurmaydi va to„xtab turilganda esa muhit xaroratigacha sovib ulguradi. 
3. Takrorlanuvchi-qisqa muddatli (TQM) rejimda ish davomida tokli qismlar qizishi 
joiz xaroratgacha etmaydi, to„xtash davrida muhit xaroratigacha sovib ulgurmaydi. 
TQM rejimi foizlarda beriluvchi ulanish davomiyligi (UD yoki ruscha PV) bilan 
belgilanadi : 
UD % = (t


100 %)/(t
u + 
t
t
)
=
(t

/t
s
)

100 % 
bu erda: 
t
u
- ulanish (ishlash) vaqti, 
t
t
- to„xtab turish vaqti, 
t
s
- sikl vaqti. 
TQM rejimida T
s

10 daqiqa bo„lishi kerak. Dvigatellar uchun UD ning 15 %, 25 %, 
40 %, 60 % li standart qiymatlari bor. 
TQM rejimida ishlovchi EI lar quvvatini doimiy rejimiga (UD=100%) quyidagi formula 
yordamida keltiriladi: 


R
100 
= R
pasp 

(UD)/100 
bu erda R
pasp
- pasportda keltirilgan quvvat ;
UD % - davomiylik, % da. 
Elektr ta‟minoti uzluksizligi darajasi bo„yicha EI larning 3 ta toifasi mavjud: 
I - toifali EI larining elektr ta‟minotidagi uzilishlar natijasida odamlar xayotiga xavf 
solinadi yoʼki xalq xo„jaligiga katta moddiy zarar etkaziladi. Bu zararlar jixozlarning
shikastlanishi, ma‟hsulotning brak bo„lishi yoki texnologik jarayonning uzoq muddatga
buzilishi oqibatida xosil bo„ladi. Bunga misol qilib, ko„mir shaxtalaridagi pod‟emnik va bosh 
ventilyator, doʼmna pechlaridagi suv berish nasoslari, kimyo korxonalaridagi sanitariya-texnika 
ventilyasiyasi, elektroliz qurilmalarini ko„rish mumkin. 
II-toifaga metall qirqish stanoklari, shtampovka mashinalari va presslar, elektr yoy 
pechlari, to„qimachilik stanoklari va boshqalar kiradi. Ularning elektr ta‟minotidagi uzilishlari 
maxsulot chiqarishni kamayishiga, braklarga, ishchilar va mexanizmlarning bekor turib qolishiga 
sabab bo„ladi. 
III-toifaga I va II-toifalarga kirmaydigan qolgan EI lar (yordamchi sexlar, qo„shimcha 
ishlab chiqarishlar va x.k.va boshqalar) kiradi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish