“TARG`IBOT-TASHVIQOT ISHLARI USLUBIYOTI” FANIDAN BAHOLASH MEZONLARI (3-6-semestrlar uchun) Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali
amalga oshiriladi.Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi
tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv
mashg‘ulotlari davomida hamda mashg‘ulotlardan keyin o‘tkaziladi.
Talabalar mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi.
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ishchi fan dasturida belgilangan mavzularning kamida 50
foizini o’zlashtirishlari va baholanishlari shart. Talabalarning mashg‘ulotlarda olgan baholari
barchasi qo‘shiladi va olinishi shart bo‘lgan baholar soniga bo‘lgan holda o‘rtacha baho keltirib
chiqariladi. Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar mustaqil ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bunda talaba belgilangan TBBM asosida baholab boriladi.
Oraliq nazorat fan o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlangan yozma ish shaklida semestr davomida bir marta o‘tkaziladi. Yozma ish TBBM
asosida baholanadi.
Talabani yakuniy nazoratga kiritilishi o‘quv mashg‘ulotlari (seminar va amaliy
mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, ma’ruza mashg‘ulotlari yakunida olinadigan oraliq nazoratning
yozma ish shakli)da olgan ballari asosida amalga oshiriladi. Bunda talabaning olgan barcha
baholari umumlashtiriladi va o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.
Talabaning yakuniy nazorat turigacha bo‘lgan o‘rtacha bahosi quyidagicha aniqlanadi:
O‘B =
bu yerda:
O‘B- semestrda talabalarning olgan o‘rtacha bahosi;
MO‘B – mashg‘ulotlarda to‘plagan o‘rtacha bahosi;
MTB – mustaqil ta’limdan olgan bahosi;
ONB – oraliq nazorat turining yozma ish shaklida olgan bahosi.
3 – mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim va oraliq nazorat shakllari
Agar talabaning o‘rtacha bahosi 3 bahoga yetmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli (fan hususiyatidan kelib chiqqan holda yozma,
test, amaliy shakllarda bo`lishi mumkin) Ijtimoiy madaniy faoliyat va musiqa ta`limi kafedrasi
tomonidan belgilanadi. Nazorat turlari bo‘yicha materiallar 6 oy mobaynida saqlanadi