226
Izohli lug‘at
Aksiya
-
korxona mulkiga aksionerlarning qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi
hujjat.
Aktivlarning likvidatsiya qiymati –
to‘liq amortizatsiya qilingan
aktivlarni sotish bahosi.
Amortizatsiya
-
asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ
xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib
borish jarayoni.
Annuitet –
bir xil davr mobaynida bir xil foiz stavka asosida bir xil
to‘lovlarning yoki pul oqimlarining kelib tushishi.
Asosiy fondlar
- kоrхоnаning ishlаb chiqаrish jаrаyonidа uzоq vаqt
ishtirоk etadigan vа o‘zining nаturаl-mоddiy hоlаtini yo‘qоtmаydigan hаmdа
o‘z qiymаtini tаyyorlаnаyotgаn mаhsulоtlаrgа qismlаb o‘tkаzib bеrаdigan ishlаb
chiqаrish vоsitаlаri.
Aylanma mablag‘lar –
korxona mablag‘larining bir ishlab chiqarish
jarayonida to‘liq iste’mol qilinuvchi qismi bo‘lib, o‘z
ichiga xomashyo,
material, yoqilg‘i, energiya, ehtiyot qismlar kabilarni oladi.
Bank aktivlari –
banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda
foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmuyi. Ular, asosan, bank
kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari,
valyuta boyliklari ko‘rinishida bo‘ladi.
Bank depozitlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul
mablag‘lari.
Bank kapitalining yetarlilik darajasi
– bu jami kapitalning riskka
tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko‘ra kamida 8%
ni tashkil etishi kerak.
Bankni loyihaviy moliyalashtirish
- investitsion loyihaning moliya
manbasi, asosan, yoki qisman bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Bank tizimining likvidligi
– bankning o‘z majburiyatlarini vaqtida va
so‘zsiz bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidligi
– banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga
aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‘sishini
moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‘lari
darajasining
pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.
Bankrot
– qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o‘z qarz majburiyatlari
bo‘yicha mablag‘i bo‘lmaganligi uchun to‘lashdan bosh tortishi.
227
Bevosita lizing
– an’anaviy uch taraflama bitim (mol yetkazib beruvchi –
lizingga beruvchi – lizingga oluvchi) yoki
yirik murakkab bitimlarda
ishtirokchilar soni uchtadan ko‘p bo‘lgan ko‘p taraflama bitim, bunda lizing
kompaniyasi lizing bo‘yicha tijorat banki yoxud boshqa moliyaviy-kredit
institutlari yoxud yirik lizing bitimlarini moliyalashtirish uchun o‘z
kapitalini
birlashtirgan shunga o‘xshash lizing kompaniyalari bilan birgalikda chiqadi.
Biznes
– ingilizcha so‘z bo‘lib, foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va
muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Biznes-reja
– investitsiya loyihasiga oid hujjat hisoblanib, loyihaning
imkoniyatlarini, xarajat va daromadlarini asoslash va baholashga,
loyihaning
moliyalashtirish manbalari va real pul oqimini hisob-kitob qilishga hamda
loyihaning zararsizligini, o‘zini-o‘zi qoplashini va boshqa ko‘rsatkichlarni
aniqlashga imkon beradi. Biznes-reja investorni o‘zi yo‘naltirayotgan
investitsiyalarning samarali bo‘lishiga ishonch hosil qilishiga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: