punkt A ga qaratiladi va sanoq (0
03
) olinadi. Alidada qotirish vinti bo’shatilib, soat
strelkasi yo’nalishi bo’yicha aylantirib V punktga qaratiladi va (59
37
) sanoq
olinadi. Keyinchalik alidadani soat strelkasi yo’nalishida davom ettirib, yana
boshlang’ich nuqta A ga qaratilib (0
04
) sanoq olinadi. Bu bilan birinchi yarim usul
tugaydi. Hamma sanoqlar mahsus jurnalga (10.2-jadvalga) yoziladi.
10.2-jadval
Nuqtalar nomi
Gorizontal doira bo’yicha sanoq
Sanoqlarning
o’rtachasi
Keltirilgan
yo’nalishlar
Turish
Kuzatish
O’ng doira
Chap doira
K
00
03
A
00
03
180
02
0
02
,5
00
00
V
59
37
239
37
59
37
,0
59
34
S
124
19
304
20
124
19
,5
124
16
,5
A
00
04
180
03
00
3
,5
00
03
Keyinchalik truba zenit orqali o’tkazilib soat strelkasi yo’nalishiga teskari aylantirib
ketma-ket A, S, V qaratiladi va boshlang’ich nuqta A da sanoq olish to’xtatiladi. Har
bir punktga qaratilganda (180
03
, 304
20
, 239
37
, 180
02
) sanoq olinadi va
jadvalga yoziladi. Bajarilagan jarayon yuqoridagi usul bilan gorizontal burchakni bitta
to’liq usul bilan o’lchash deyiladi.
12-mavzu. Joyda nuqtalarning balandligini aniqlash
1.
Balandliklarni aniqlash ususlari – nivelirlash
2.
Geometrik nivelirlash va unda qo’llaniladigan asboblar
3.
Geometrik nivelirlashni amalga oshirish
4.
Profilь tuzish uchun nivelirlash
5.
Trigonometrik nivelirlash
6.
Barometrik nivelirlash
7.
Aeroradionivelirlash
Er yuzasidagi nuqtalarning balandliklari farqini aniqlash hamda boshlang’ich
(sath) yuza deb qabul qilingan yuzaga nisbatan balandliklarini aniqlash uchun
bajariladigan geodezik o’lchash ishlari yig’indisi
nivelirlash
deb ataladi. Nivelirlash
natijalaridan dengiz va
okeanlar sathlarini aniqlashda, yer po’stining vertikal
harakatlarini va boshqa omillarni o’rganishda ham foydalaniladi. Boshqacha qilib
aytganda balandliklarni aniqlash usuli
nivelirlashdir
.
Nivelirlashning bir necha turlari mavjud bo’lib,
ular bir-biridan
qo’llaniladigan qurilmalarning o’zga xos xususiyatlari bilan va o’lchash usullar
hamda olingan natijalariga ko’ra xatolarning katta-kichikligi bilan farq qiladi.
O’lchash aniqligining kamayishi tartibida eng keng qo’llaniladiganlari: geometrik,
trigonometrik, barometrik nivelirlashlardir. Nivelirlashning boshqa turlari sifatida
gidrostatik, mexanik va aeroradionivelirlashlar,streofotogrammetrik nivelirlashlarni
qayd etish mumkin.
Geometrik nivelirlash
– gorizontal vizirlashga va geometriyaning parallel
chiziqlar teorimasiga asoslangan. Geometrik nivelirlashda asosan
nivelir
va
reyka
ishlatiladi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi aniq o’lchanadi. SHuning uchun
ham nuqtalarning balandligini aniq topish
talab qilinadigan ishlarda, masalan,
balandlik tayanch punkitlari va plan olish nuqtalarini barpo qilishda, shuningdek
turli inshootlarini qurishda geometrik nivelirlashdan foydalaniladi.
Trigonometrik nivelirlash
– qiya vizirlashga va uchburchakni trigonometrik
usulda yechishga asoslangan trigonometrik nivelirlash ba’zan
geodezik
nivelirlash
ham deb yuritiladi. Bu nivelirlashda qiyalik burchagini o’lchaydigan
asboblar,
masalan,
eklimetr, teodolit-taxeometr
ishlatiladi. Trigonometrik nivelirlash
topografik plan olishda, balandlik farqi katta bo’lgan nuqtalar, masalan, tog’, tepa
va boshqa xil relьef shakillarini hamda turli predmetlarning balandligini aniqlashda
qo’llaniladi.
Fizik nivelirlashning
eng ko’p tarqalgan usuli
barometrik
nivelirlashdir.
Barometrik nivelirlash balandga ko’tarilgan sari havo bosimining kamayib borish
qonuniyatiga asoslangan. Bu nivelirlashda havo bosimini o’lchaydigan asbob –
barometr
ishlatiladi. Barometrik nivelirlashdan turli ekspeditsiyalarda,
geologik,
geografik va brshqa ilmiy tekshirish ishlarida biron joy relьefini dastlabki
o’rganishda va tekshirishda foydalaniladi.
Nivelirlashning mexanik usuli
maxsus avtomat nivelir ishlatiladi.
Bu asbob
velosiped yoki avtomashinaga o’rnatiladi. Velosiped yoki avtomobilь bosib o’tgan
yo’l profili avtomatik ravishda qog’ozga chizila boradi. Bu usuldan yo’l qurilishida
va joy relьefini dastlabki o’rganishda foydalanildai.
Keyingi yillarda nuqtalar balandligini aniqlashda stereofotogrammetrik
niveliralsh keng qo’llanilmoqda. Bunda nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi
biror joyning ikkita (qo’sh) fotosurati ustida maxsus o’lchash ishlarini bajarish
natijasida aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulidan asosan topografik karta tuzishda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: