Topografik kartani orientirlash, joydagi nuqtaning kartadagi o’rnini topish
va karta bilan marshrut bo’ylab yurish
. Topografik karta bilan joyda ishlaganda, uni
orientirlashga va kuzatuvchi o’zi turgan nuqtasini kartadan topishga to’g’ri keladi.
Topografik kartani orientirlash – kartada tasvirlangan ob’ektlar yo’nalishini
shu ob’ektlarning joydagi yo’nalishiga to’g’ri keltirishdan iboratdir
. Karta
orientirlanganda, uning sharqiy va g’arbiy ramkalari shimoliy va janubiy
yo’nalishlarga, shimoliy va janubiy ramkalari esa sharqiy va g’arbiy yo’nalishlarga
to’g’ri keladi.
Topografik kartani kompas yoki joydagi ob’ektlar yordamida orientirlash
mumkin.
Topografik kartani kompas yordamida orientirlash uchun kompasni kartaning
sharqiy yoki g’arbiy ramkasi ustiga shunday qilib qo’yish kerakki, kompas qutichasi
tagiidagi 0
0
va 180
0
larni birlashtiruvchi chiziq ramka ustiga va shimol (0
0
) tomonini
kartaning yuqorisiga qaratilgan bo’lsin. SHundan keyin kompasning qisqichi
bo’shatiladi va karta kompas bilan birgalikda to kompas strelkasining shimoliy uchi
0
0
ga kelgunga qadar buraladi. Bunda kompas strelkasining shimoliy uchi quticha
tagidagi 0
0
ga to’g’ri kelsa, karta orientirlangan bo’ladi. (82 a shakl). Boshqacha
qilib aytganda, kartada tasvirlangan ob’ektlar joyda qanday yo’nalishda bo’lsa,
kartada ham shunday yo’nalishda bo’ladi.
Yuqorida biz kartani kompos yordamidak magnit meridiani bo’yicha
orientirlash to’g’risida gapirdik. Kartani
geografik meridian bo’yicha orientirlash
kerak bo’lsa, kompas strelkasi 0
0
ga to’g’rilanadi, shu joydagi magnit strelkasining
og’ish burchagi hisobga olinadi. 82 b shaklda kartani geografik meridian bo’yicha
orientirlash ko’rsatilgan.
.............................................
Kartani joydagi biro chiziq, masalan, yo’l bo’yicha orientirlash uchun shu
yo’lning kartada ko’rsatilgan yo’nalishi joyning yo’nalishiga to’g’rilanadi. Bunda
kartani gorizontal holatda tutiladi va joydagi predmet hamda relьef shakillari qaysi
tomonda (o’ng yoki chapda) joylashgan bo’lsa, karta ham ularning tasviri shu
tomonga to’g’ri kelgunga qadar aylantiriladi. SHunda karta orientirlangan bo’ladi
(83 shakl).
Kartani joydagi biron predmet orientirlash uchun esa kartada tasvirlangan
nuqta bilan bu nuqtadan ko’rinadigan biron predmet ustiga chizg’ich quyiladi.
So’ngra karta gorizontal holda tutiladi va chizg’ichni qimirlatmay karta bilan birga
joydagi predmetga yo’naltiriladi. SHunda joydagi predmetga bo’lgan yo’nalish
predmet tasvirining kartadagi yo’nalishiga to’g’rilanadi, ya’ni karta orientirlangan
bo’ladi (84 shakl).
..........................
Topografik artada kuzatuvchi turgan nuqta o’rni aniqlash
ning bir necha usuli
bor. Quyida biz uch xil usulini ko’rib chiqamiz.
a) agar kuzatuvchi biron xarakterli joyda – yo’llarning kesishgan joyida,
ko’prik, jar, yo’l va daryo bo’yida turgan bo’lsa, bu nuqtaning o’rnini kartadan
aniqlash uchun karta orientirlanadi. So’ngra atrofidagi predmetlar ularning kartadagi
tasviri bilan solishtiriladi. SHunda kuzatuvchi o’zi turgan nuqtani karta osonlik bilan
topib olish mumkin;
b) agra kuzatuvchi biron ob’ekt, masalan, yo’l ustida turgan bo’lsa, bunda ham
karta orientirlanadi va kartada biron aniqroq ob’ekt belgilab olinadi. Kuzatuuvchi
turgan joydan shu nuqtagacha bo’lgan masofani joyda chamalab yoki boshqa usul
bilan o’lchaydi. Joyda o’lchangan masofani masshtab bo’yicha kartaga qo’yib, o’zi
turgan nuqtaning kartadagi o’rnini aniqlaydi;
v) kuzatuvchi o’zi turgan nuqtaning kartadagi o’rnini kesishtirish usuli bilan
ham aniqlash mumkin. Buning uchun karta planshet (taxtacha) ustiga o’rnatiladi.
Kuzatuvchi joyda ikkita nuqtani belgilaydi va vizir chizg’ich orqali o’zi turgan
nuqtan shu nuqtaga qaraydi. Keyin kartadagi shu nuqtalardan o’zi turgan nuqtaga
tomon chiziq tortadi, bu chiziqlarning kartada kesishgan nuqtasi kuzatuvchi turgan
nuqtani ko’rsatadi.
Topografik karta bilan
marshrut bo’ylab yurish
ham bir necha xil bo’lishi
mumkin. Masalan, yo’l yoki daryo bo’ylab yurish, bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga
to’g’ri yoki bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir necha joydan burilib borish va h.z.
Yo’l va daryo bo’ylab yurganda
, yo’lga chiqmasdan oldin berilgan marshrut
kartadan o’rganiladi, unda asosiy orientirlari va burilishlari belgilab qo’yiladi. Yo’l
yoki daryoning burilgan joylari orasidagi masofa kartadan o’lchanadi. So’ngra
marshrut bo’ylab yo’lga chiqiladi. Marshrut bo’yicha yura boshlaganda har bir
burilgan joy kartada belgilab boriladi va u joy bilan solishtiriladi. Yo’ldagi burilish
joylar va aholi turar joylaridan chetga chiqquncha adashmaslik uchun har doim o’zi
turgan nuqtani kartada aniqlab boriladi.
Bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga to’g’ri borishda
topografik kartada bu ikki
nuqta to’g’ri chiziq bilan tutuashtiriladi. So’ngra kartada bu nuqtalar oralig’idagi
chiziqning uzunligi va magnit azimuti yoki haqiqiy azmut o’lchanadi. Undan
tashqari, marshrut atrofidagi orientirlar belgilab olinadi. Marshrut bo’yicha yo’lga
chiqilganda boshlang’ich nuqtada kartada o’lchangan azimut yo’nalishi belgilanadi
va shu azimut bo’yicha yuriladi. Bunda kartada belgilangan har bir orientir joyda
tekshirib va karta joy bilan solishtirib boriladi.
Bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir necha joydan burilib borilganda ham bosib
o’tiladigan yo’l kartada belgilanadi va uning azimutlari o’lchanadi. Marshrut
bo’ylab yurganda karta har bir burilishda orientirlanib joy bilan solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |