Kalьka
– tiniq, shaffof qog’oz bo’lib, u kartan nusxa ko’chirishda ko’p
ishlatiladi. Kalьkani “xito qog’ozi” deb ham yuritiladi. Kalьkaga nusxa ko’chirish
uchun u karta ustiga yozib quyiladi shunda kartadagi kontur va chiziqlar aniq
ko’rinib turadi. Kartada ko’rinib turagan kontur va chiziqlar chiziqlar ustidan qalam
yoki tushь yuritsak, kalьkaga kartaning nusxasi tushadi. Kalьkaga tushь yaxshi
chizilsin uchun dastlab, u o’chirgich rezinka yoki maydalangan bo’r surtib ishqalab
tozalanadi.
Ba’zan kartadan nusxa ko’chirishda yozuv mashinkasida qo’llaniladigan qora
qog’oz (kopirovka) dan foydalanadilar. Lekin, qora qog’oz orqali nusxa
ko’chirganda chiziqlar qog’ozga yo’g’on bo’lib tushadi. Undan tashqari, qog’ozda
qalamning qora dog’lari qoladi. SHuning uchun grafitlangan qog’ozdan
foydalanilgan ma’qul. Grafitlangan qog’ozni tayyorlash juda oson. Oddiy oq qog’oz
olib, unin bir tomoni yumshoq qora qalam bilan bo’yalsa, grafitlangan qrg’oz hosil
bo’ladi. Undan foydalanib kartan nusxa ko’chirishda karta ostiga oq qog’oz, qog’oz
va karta orasiga esa grafitlangan qog’oz qo’yiladi; bunda grafitlangan qog’ozning
qora rangga bo’yalgan tomoni pastga, oq qog’ozga karatib, oq tomoni esa kartaga
qaratib qo’yiladi. So’ngra uchalasi stol yoki taxtaga kinopka bilan mahkamlanadi.
Keyin kartadn ko’chirilishi kerak bo’lgan chiziq va konturlar ustidan qattiq qalam
yoki uchi o’tkir cho’p yurgiziladi. SHunda kartadagi kontur va chiziqlarning shakli
grafitlangan qog’ozdan oq qog’ozga o’tadi. Bu kontur va chiziqlar qalam yoki tushь
bilan chizilsa, kartaning nusxasi hosil bo’ladi. Lekin bu usul bilan nusxa
ko’chirganda karta ifloslanib ketishi yoki yiritilishi mumkin. Karta ifloslanmasligi
va yirtilmasligi uchun nusxa avvl kalьkaga, so’ngra grafitlangan qog’ozdan oq
qog’ozga ko’chiriladi.
Yorug’likdan foydalanib nusxa ko’chirish ham anchcha oddiy va keng
tarqalgan usuldir. Bu usulda ko’pincha maxsus
nusxa ko’chirish stolidan
foydalaniladi. 76-shaklda nusxa ko’chirish stolining kesmi berilgan. Stolni ancha
oddiy qilib yasash mumkin. Buning uchun kvadrat shakldagi stol olib, uning yoniga
va ost tomonlariga faner qoqiladi. Stolning ust tomonidan to’rtburchak qilib kesib
olinadi. Natijada yashik hosil bo’ladi. Yashikning pastki qismiga yuqoriga qaratib
ikkita elektr lampochkasi qo’yiladi. Stolning ust tomonidan to’rtburchak qilib kesib
olingan joyga oyna o’rnatiladi. SHunday qilib nsxa ko’chirish stoli yaasaladi. Bu
stoldan foydalanib kartadn nusxa ko’chirish qo’yidagicha bajariladi. Nusxa
ko’chirish stoli oynasi ustiga karta, uning ustiga esa oq qohoz qo’yiladi. So’ngra
lapochkalar yoqilsa, kartadagi konturlar tasviri qog’ozdan o’tib ko’rinib turadi. Bu
konturlar ustidan qalam yoki tushь yurgizilsa qog’ozga kartaning nusxasi tushadi.
Agar elektr toki bo’lmasa yoki nusxa ko’chirish stolini yasash mumkin
bo’lmasa, oddiy nusxa ko’chirish asbobidan (77 shakl) foydalanish mumkin. Bu
asbob ikkita romdan iborat bo’lib, biri uni stol ustiga o’rnatish, ikinchisi nusxa
ko’chirish uchun xizmat qiladi. Nusxa ko’chirish asbobidan foydalanib, nusxa
kunduz kuni ko’chiriladigan bo’lsa, asbobni deraza tomonga o’rnatish kerak. SHuni
aytib o’tish kerakki, bu usullarda ko’chirilgan nusxalar masshtabi karta masshtabi
bilan bir xil bo’ladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: