Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
760
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
Special Issue | 2022
MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute 2- bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi va uni hisoblovchi
xalqaro ko’rsatkichlar tushintirilgan.Markaziy bank mustaqilligining makroiqtisodiy ahamiyati
tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: GMT,Sukerman, Eyffinger–Shaling, MSM, PM, MM.
Iqtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi
turli iqtisodchi olimlar
tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti
professori Stenli
Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik
maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi – bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablag'lar va
instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar:
Sukerman indeksi;
GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;
Eyffinger–Shaling indeksi;
Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatkichlarni o'zida
mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-kredit siyosatini
ishlab chiqish Uning
maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1
gacha belgilanishi mumkin.
GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi.
Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi kunda,
markaziy banklarning mustaqilligini baholash uchun GMT indeksidan dunyo bo’ylab , keng
foydalanilmoqda, chunki uni hisoblash uchun yetarli ma'lumotlarni olish oson.
Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi:
MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;
MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;
Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining ulushi;
Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini baholashda GMT indeksidan keng
foydalaniladi. Ushbu indeksning nomi uni birinchi bo'lib taklif etgan olimlarning
familiyalarini
bosh harfidan kelib chiqqan.
* Grilli
* Maskiandaro