194
samarasining pasayishiga olib keladi.
2.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta’minlashi
lozim.
Bu faоliyat jоriy vazifalarni o‘z vaqtida va mоhirlik
bilan tеz hal etishda
namоyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, bоshqarish
оb’еktlarining jоylashuvi хam ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, bоshqarish
strukturasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir
o‘tkazish shunchalik samarali amalga оshiriladi.
Har qanday struktura uchun yuqori rahbariyat tushunchasi bir xil, unga
quyidagilar xos: tashkilotning birinchi rahbari, uning muovini va bosh bo`limlarining
rahbarlari. Birinchi rahbar va uning muovinlari ko`pincha
yuqori rahbariyat
komandasi
deb ataladi. Bosh bo`lim rahbarlari va birinchi rahbarning muovinlari
asosiy personal komandasiga kiradi. Birinchi rahbar yuqori rahbariyat komandasi
bo`ladi. Aytilgan har bir pog’onaning tuzilmaviy tashkil etilishi turli xil
omillardan
bog’liq:
birinchi rahbarning boshqarish uslubi;
boshqaruv tashkiliy tuzilmasining turi;
asosiy personal komandasi a`zolarining shaxsiy va professional xususiyatlari.
Birinchi rahbar qanchalik malakali bo`lsa, shunchalik u malakali muovinlarni
tanlaydi. Asosiy personal komandasining faollik darajasi strategik muhim bo`lgan
qarorlarni qabul qilishda qatnashishiga bog’liq yoki bu
birinchi rahbarning asosiy
personal komandasiga o`z vakolatining qancha qismini ajratganiga va guruhdagi
odamlarning o`z maqsadlarini tashkilot maqsadlari bilan bog’lashlariga asoslanadi.
Bu turdagi jarayon birinchi rahbarning kollegial usulda boshqarishiga xosdir. Agar
birinchi rahbar avtoritar uslubda boshqarsa, unda asosiy muammolarni faqat o`zi hal
qiladi va hattoki boshqa guruhdagilarga ham axborot berib o`tirmaydi.
Menejmentning tashkiliy tuzilmalari to`g’risida yakuniy xulosa chiqarish uchun
quyidagilarga alohida e`tibor berilishi lozim deb hisoblaymiz. Ko`rib chiqilgan
tashkiliy tuzilmalaridan birortasini ham rasmiy tuzilma deb bo`lmaydi.
Shuning
uchun har bir korxona (firma) o`z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitning o`ziga xos
195
xususiyatlaridan kelib chiqib, o`z talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy
tuzilma turini o`zi tanlashi kerak.
G’arb adabiyotlarida «tuzilmani takomillashtirish»
iborasi umuman
qo`llanilmaydi. Uning o`rniga:
«tuzilmaga o`zgartirish» kiritish;
tuzilmani almashtirish;
tuzilmani tanlash;
tuzilmani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
Tuzilmaga o`zgartirish kiritish va uni almashtirish – bu jahon amaliyotidagi
doimiy jarayon bo`lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy
ko`rsatkichlarda hisoblanadi. Bunday o`zgarishlarning bosh omili – bu ilmiy texnika
taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSH firmalarida, G’arbiy
Evropa va rivojlangan
Sharq davlatlarida boshqaruv tuzilmasi o`rtacha har 3-5 yilda almashtirib turiladi
(7.3-jadval).
7.3 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: