"iqtisodiyot va menejment "


 Sanoat tarmoqlari korxonalarida mehnat motivatsiyasi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

 
6.4. Sanoat tarmoqlari korxonalarida mehnat motivatsiyasi. 
Motivatsiya
– bu o`zini va boshqalarni shaxsiy yoki tashkilot maqsadlariga 
erishish uchun faoliyat yuritishga yo`naltirish jarayoni. Ruscha-o`zbekcha lug’atda 
motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan 
motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma`nosida talqin 
etiladi.
1
Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai-
nazardan: 
Motivlashtirish –
bu ruhiy omil bo`lib, shaxs faolligining manbai, sababi, 
dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga 
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish – bu 
kishilar faoliyatini ruhiy yo`llar bilan maqsadga muvofiq yo`naltirishdir. U muayyan 
ehtiyojni qondirish bilan bog’liq. ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo`ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, o`zini 
issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya`ni kiyim-
kechak, oziq-ovqat, turarjoy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy 
ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy 
saviyasini oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va sog’lom hayot kechirib, uzoq 
umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo`lmagan har xil 
xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi. Umuman: ehtiyoj odamlarni harakatga 
intiltiruvchi, qo`zg’atuvchi motivdir.
1
Ruscha-o`zbekcha lug’at. T., "O`zFA nashriyoti", 1953, 111-bet.


160 
Ehtiyoj tushunchasi mohiyatini ochish uchun mayl tushunchasini keltirish zarur. 
Inson juda ko`p narsalarga ega bo`lishga moyil bo`ladi. Boshqacha qilib, maylni 
xoxish, istak kabi ifodalash mumkin. Shunday qilib, ehtiyojlar, bu – insonga ayni 
damda fiziologik va psixologik jihatdan nimaningdir yetmasligidir. Mazmunli 
motivatsiya nazariyasi umuminsoniy ehtiyojlarni turkumlashga harakat qildi, ammo 
shuni aytish kerakki, barcha ehtiyojlarni aniq turkumlash mumkin emas. Hozirgi 
kunda ko`pgina psixologlar ikki xil ehtiyojlar turkumi mavjudligini tan olishgan. 
Bular birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar. Birlamchi ehtiyojlar o`z tabiatiga ko`ra 
fiziologik va tug’ma bo`ladi, ikkilamchi ehtiyojlar tabiatiga ko`ra psixologik bo`ladi. 
Birlamchi ehtiyojlar genetik o`tuvchan bo`ladi, ikkilamchi ehtiyojlar yillar davomida 
vujudga keladi. ehtiyojni kuzatish va o`lchashning imkoniyati yo`q. Uning 
mavjudligini faqatgina inson hatti-harakatidan aniqlash mumkin. Psixologlar, insonni 
kuzatib shuni aniqladilarki, ehtiyojlar hatti-harakatga motiv bo`lib xizmat qiladi. 
Inson biron bir narsaga ehtiyoj sezsa, u ehtiyojni qondirishga intiladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish