"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Mutaxassislik
- bu ma`lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish 
uchun insonga zarur bo`lgan bilimlar va malakalar yig’indisi. Masalan, iqtisodchi, 
marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter, yoki texnika sohasida - muhandis, 
mexanik, energetik va h.k. 
Ixtisos 
- insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy 
ko`nikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma`naviy sohasida 
muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi. 
Malaka
- biron bir mutaxassislik va 
ixtisoslik bo`yicha murakkab ishni bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ilm hamda 
mehnat ko`nikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun 
o`rtacha koeffitsient va o`rtacha tarif koeffitsienti razryadi belgilanadi. Yangidan-
yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu 
jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi bilan boshqaruv, 
rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassislliklar kasb va 
ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barham topadi. 
Kadrlar ilmini o`rganish nazariyasida “Kadrlar tuzilmasi” degan tushuncha 
mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 75 
foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xodimlar 
esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan ko`rinib turibdiki, xodimlar 


142 
kategoriyalari, ya`ni ularning tarkibiy qismlari o`rtasidagi nisbat ularning tuzilmasini,
ya`ni strukturasini ifodalaydi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda ham 
bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona 
(firma)ning katta-kichikligiga, ularning texnikaviy va texnologik jihatdan 
qurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga va mehnat 
ko`nikmasiga, sohaning hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa bir 
qator xususiyatlarga bog’liq. 
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondashuv 
mavjud: 

inson resurslarini boshqarish; 

xodimlarni boshqarish. 
“Inson resurslarini boshqarish” - tushunchasi boshqarishning strategik 
jihatlarini, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o`z ichiga oladi va ularga 
ustuvorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko`proq kadrlar bilan 
tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va uni 
muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita korxona 
darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi. 
Iboralarning turlicha ma`no kasb etishi faoliyat turlari va yo`nalishi bilan bog’liq. 
Chunonchi, “xodim” iborasi ko`p hollarda kichik (100 kishidan kam band bo`lgan) 
korxonalarga, “inson resurslari” iborasi esa 2,5 ming kishidan ortiq band bo`lgan 
yirik korxonalarga nisbatan qo`llaniladi.
Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini 
rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko`rsatishi 
uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo`yicha o`zaro bog’langan tashkiliy-iqtisodiy va 
ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Bunday boshqaruv funktsional va tashkiliy boshqaruvlarga bo`linadi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish