saralanmagandir (qum va graviy donalari uchrab turadi), odatda
butumlashgan bo‘ladi. Gil qatlami ichida gil g ‘o ‘laktoshlari
(“okatbishi”) uchrashi mumkin, cho‘kma yuzida esa yom g‘ir
tomchilari
izlari, turli jonivorlar,
shu jumladan, quruqlikda
yashovchi, sudralib yuruvchi jonzotlarning izlari,
qurish darzliklari
va ko‘pburchaklari kuzatiladi.
Biogen y o ‘l bilan hosil b o ig a n ohaktoshlar ham litoral uchun
xosdir. Foraminiferali ohaktoshlar yirik bentos formali dengiz
jonivorlari chig‘anoqlaridan tarkib topgan. Chig‘anoqli ohaktoshlar
esa turi chig‘anoqlarning to ‘lqin kuchi ta’sirida sinishidan hosil
b o ‘lgan parchalaridan tarkib topgan. Koralli, mshankali va suv
o ‘tlaridan hosil bo ‘lgan ohaktoshlar uncha chuqur bo‘lmagan va
suvning to ‘lqinlanishi jadal kechadigan sayozliklarda qirg‘oq
riflarini hosil qiladi.
Litoralning bionomik belgilaridan biri cho‘kma tarkibida dengiz
jonivorlari bilan birga quruqlikda yashovchi hayvonlar suyaklarining
ham saqlanib qolishidir. Bundan tashqari
ushbu zona uchun singan
va silliqlangan chig‘anoqlar, qumlar, graviy bo‘laklari va g ‘o ‘lak
toshlardan iborat qirg‘oq vallari,
yana shuningdek, suv havzasi
qirg‘og‘iga parallel holda hamda bir tartibli joylashgan chig‘anoqlar
va organizmlarning turli qoldiqlarini qamragan yuvilish valiklari
ham xosdir.
Litoralda yashovchi dengiz jonivorlarining hayot faoliyatlari
izlari litoral zonasi cho‘kmasida go‘yoki muhrlanib qoladi. Bular
qumni o ‘yib kiruvchi dengiz qisqichbaqalari,
turli chuvalchanglar,
ikkitabaqalilar va qulfsiz braxiopodalar, toshteshar ikkitabaqalilar
kabilaming
uyalari,
quruqlikda
yashovchi
umurtqalilar
va
qushlam ing yumshoq gruntda qoldirgan izlaridir. Y olg‘iz yashovchi
qisqichbaqalar uchun boshpana bo‘lib xizm at qiluvchi gastropodalar
chig‘anoqlarining m a’lum bir joylari ishqalanishdan siyqalangan
b o ‘ladi.
Litoral zona organik dunyosi havza qirg‘o g ‘ining to ‘lqin
urilishiga chidamliligi va grunt holatiga bog‘liq. Litoralning qoyali
q irg‘oqlari m o‘ylovli qisqichbaqalar bilan, yana shuningdek,
gastropodalar, krablar, polixetlar, dengiz toshbaqalari, assidiyalar,
foraminiferalar, yashil, qo‘n g ‘ir va qizil suv o ‘tlari (aksariyati
karbonat angidrid ajratuvchi), korailar, gubkalar va mshankalar bilan
qoplangan b o iad i. Kovakichlilar, gubkalar
va mshankalar zonaning
quyi qismida yashaydi va rif qoyalari hosil qilishda qatnashadi.
Qumli va
il-qumli
litoralning organik
formalari
anchagina
kambag‘al, bu narsa, ayniqsa, to iq in urib turuvchi plyajlarda yaqqol
ko‘rinadi, chunki bu yerlarda asosan yuksak qisqichbaqasimonlar,
chuvalchanglar, gastropodalar va ikkitabaqalilargina kuzatiladi.
T o iq in la r sust urib turuvchi uchastkalarda organik dunyo yuqorida
sanab o ‘tilgan guruhlar bilan ifodalangan, biroq biroz ko‘proq
miqdorlarda uchraydi, bunday joylarda suv o ‘tlari
paydo b o ia
boshlaydi. Baliqlar esa litoralning deyarli barcha uchastkalarida
yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: